إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَظْلِمُ ٱلنَّاسَ شَيْـًٔا وَلَـٰكِنَّ ٱلنَّاسَ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh odamlarga hech zulm qilmas, va lekin odamlar o`zlariga zulm qilurlar.Албатта, Аллоҳ одамларга ҳеч зулм қилмас, ва лекин одамлар ўзларига зулм қилурлар.Alauddin Mansour: Shubhasiz, Alloh insonlarga biron zulm-adolatsizlik qilmas. Balki, insonlar (Yaratganga iymon keltirmasliklari bilan) oʻzlariga oʻzlari zulm qilurlar.Шубҳасиз, Аллоҳ инсонларга бирон зулм-адолатсизлик қилмас. Балки, инсонлар (Яратганга иймон келтирмасликлари билан) ўзларига ўзлари зулм қилурлар.
Darhaqiqat, Alloh taolo tomonidan bandalarga nisbatan zarracha zulm sodir boʻlmas. Chunki, zulm Alloh taoloning zotiga mutlaqo begona narsadir. Ushbu iymon masalasini olganda ham, Alloh taolo odamlarga hech zulm qilmasligi ochiq-oydin koʻrinib turadi. Alloh taolo insonga aql-idrok bergan, u oʻsha aql-idrok ila Allohga iymon keltirmogʻi lozimdir. Lekin Alloh taolo bandalarga yana ham mehribonlik qilib, Paygʻambar yuborib, Oʻz kitobini tushirib, hidoyat yoʻlini ravshanlashtirib qoʻyibdi. Odamlar oʻsha yoʻlga yursalar, boʻldi. Boshqa hech qanday urinishning hojati yoʻq. Ammo odamlarning koʻplari oʻzlariga oʻzlari zulm qiladilar. Koʻrib bilib turib oʻzlariga foydali boʻlgan yoʻlga yurmay, halokat yoʻli– kufr va munofiqlik yoʻlini tanlaydilar. Ular shu bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qiladilar. Ularning eng katta zulmlari Islom diniga yurmasliklaridir.
Keyingi oyatda kishilarni sergaklantirish uchun ajoyib uslub bilan oxirat eslatib oʻtiladi: