وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ كَأَن لَّمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةً مِّنَ ٱلنَّهَارِ يَتَعَارَفُونَ بَيْنَهُمْ ۚ قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni to`playdigan kunda xuddi nahordan bir soatgina turganga o`xshab, bir-birlari bilan tanishurlar. Batahqiq, Allohning muloqotini yolg`onga chiqarganlar va hidoyat topganlardan bo`lmaganlar ziyon qilurlar.Уларни тўплайдиган кунда худди наҳордан бир соатгина турганга ўхшаб, бир-бирлари билан танишурлар. Батаҳқиқ, Аллоҳнинг мулоқотини ёлғонга чиқарганлар ва ҳидоят топганлардан бўлмаганлар зиён қилурлар.Alauddin Mansour: (Alloh) ularni (yaʼni, mushriklarni hisob-kitob uchun) toʻplaydigan kunda ular (bu dunyoda) goʻyoki kunduz kuni bir soatgina turgandek (yashagandek) bir-birlarini tanirlar. Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon degan kimsalar muhaqqaq ziyon qildilar va haq yoʻlga yurguvchi boʻlmadilar.(Аллоҳ) уларни (яъни, мушрикларни ҳисоб-китоб учун) тўплайдиган кунда улар (бу дунёда) гўёки кундуз куни бир соатгина тургандек (яшагандек) бир-бирларини танирлар. Аллоҳга рўбарў бўлишни ёлғон деган кимсалар муҳаққақ зиён қилдилар ва ҳақ йўлга юргувчи бўлмадилар.
Yaʼni, qiyomat qoim boʻlib, odamlar Allohning amri ila mahsharga toʻplanganida, ular bir-birlariga, bu dunyoda kunduzi bir soatgina yashagan edik, shekilli, deydilar. Ha,
«Ularni toʻplaydigan kunda, xuddi nahordan bir soatgina turganga oʻxshab, bir-birlari bilan tanishurlar».
Bu hollari dunyo hayotining naqadar qisqa va haqir ekanini koʻrsatadi. Ana oʻsha mahshar kunida ushbu besh kunlik arzimas dunyoda qilingan amallarga qarab, haqiqiy va abadiy dunyoning hukmi chiqariladi. U hukmga binoan:
«Allohning muloqotini yolgʻonga chiqarganlar va hidoyat topganlardan boʻlmaganlar ziyon qilurlar».
Ular besh kunlik dunyoni deb abadiy oxiratini kuydirganlardir. Arzimagan zamon havoyi nafslarining gapiga kirib, abadul abad azob-uqubatda qolurlar. Jahannamda abadiy yonurlar.
Ey Paygʻambar!