وَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ ٱللَّهُ شَهِيدٌ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki senga ularga va'da qilganimizning ba'zisini ko`rsatamiz yoki seni vafot ettiramiz. Bas, ularning qaytishlari Bizgadir. So`ngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.Ёки сенга уларга ваъда қилганимизнинг баъзисини кўрсатамиз ёки сени вафот эттирамиз. Бас, уларнинг қайтишлари Бизгадир. Сўнгра, нима қилаётганларига Аллоҳ шоҳиддир.Alauddin Mansour: Agar ularga vaʼda qilayotganimiz azobni sizga koʻrsatsak ham (yaʼni, hayot paytingizda ularning kofir boʻlganlari oqibatida tortadigan azoblarini koʻrsangiz ham), yoki (ularni azobga duchor qilishimizdan ilgariroq) sizni vafot qildirsak ham, har holda Oʻzimizga qaytishlari bordir. Qolaversa, Alloh ular qilayotgan barcha ishlarga guvohdir.Агар уларга ваъда қилаётганимиз азобни сизга кўрсатсак ҳам (яъни, ҳаёт пайтингизда уларнинг кофир бўлганлари оқибатида тортадиган азобларини кўрсангиз ҳам), ёки (уларни азобга дучор қилишимиздан илгарироқ) сизни вафот қилдирсак ҳам, ҳар ҳолда Ўзимизга қайтишлари бордир. Қолаверса, Аллоҳ улар қилаётган барча ишларга гувоҳдир.
Maʼlumki, kofir va osiylarga Alloh taolo tomonidan azob- uqubat kelishi vaʼda qilingan. Ammo, falon paytda keladi, deb vaqti aniq tayin qilinmagan. Mazkur azobning kelishi Alloh taoloning Oʻzigagina bogʻliqdir.
Ushbu haqiqat oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qilingan xitobda bayon qilinmoqda. Bu borada ikki ishdan biri boʻladi. Ey Paygʻambar!
«Yoki senga ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini koʻrsatamiz...»
Yaʼni, ey Paygʻambar, senga u kofirlarga vaʼda qilgan azoblarimizning baʼzisini tiriklik chogʻingdayoq koʻrsatamiz–ularni azob va iqobga duchor qilamiz. Sen buni hayot chogʻingda oʻz koʻzing bilan koʻrasan.
Yoki ularga azob-uqubat yuborishimizdan oldin
«...seni vafot ettiramiz».
Sen ularning azob-uqubatga duchor boʻlganlarini koʻrmasdan ham vafot etishing mumkin. Lekin gap sening koʻrishing yoki koʻrmasligingda emas. Gap ularning albatta azob-uqubatga duchor boʻlishlaridadir.
«Bas, ularning qaytishlari Bizgadir.»
Bizdan boshqaga emas. Ana oʻshanda ular bilan yaxshilab hisob- kitob qilinadi. Ular azob kelmayotganidan gʻururga ketmasinlar. Oxiratda, albatta, Allohga qaytishlari bor.
«Soʻngra, nima qilayotganlariga Alloh shohiddir.»
Hammasini koʻrib-bilib turibdi. Kofir va zolimlarga vaʼda qilgan azoblarni kechiktirishda nima hikmat borligini Oʻzi biladi.