QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят47

وَلِكُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولٌ ۖ فَإِذَا جَآءَ رَسُولُهُمْ قُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har ummatning o`z Payg`ambari bordir. Qachonki ularga Payg`ambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.Ҳар умматнинг ўз Пайғамбари бордир. Қачонки уларга Пайғамбарлари келса, ораларида адолат ила ҳукм чиқарилур. Уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Har bir millat uchun paygʻambar boʻlur. Bas, qachon paygʻambarlari kelganida, oʻsha (millat)larga zulm qilinmagan holda, ularning oʻrtalarida adolat bilan hukm qilinur.Ҳар бир миллат учун пайғамбар бўлур. Бас, қачон пайғамбарлари келганида, ўша (миллат)ларга зулм қилинмаган ҳолда, уларнинг ўрталарида адолат билан ҳукм қилинур.

214-sahifa · 11-juz · 22-hizb214-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِكُلِّva harва ҳарأُمَّةٍۢummatningумматнингرَّسُولٌۭ ۖoʻz Paygʻambari bordirўз Пайғамбари бордирفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkelsaкелсаرَسُولُهُمْularning Paygʻambariуларнинг Пайғамбариقُضِىَhukm chiqarilurҳукм чиқарилурبَيْنَهُمoralaridaораларидаبِٱلْقِسْطِadolat ilaадолат илаوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيُظْلَمُونَzulm qilinurlarзулм қилинурлар
TafsirТафсир

Hamma ish Allohning ixtiyori bilan boʻladi. Shu jumladan, baʼzi qavmlarga azob yetish yoki yetmasligi ham. Shu bilan birga, bunday ishlarning yuzaga kelishidan darak beruvchi alomatlar ham bor. Misol uchun, bir qavmga azob kelishi ularning Paygʻambari kelguncha kechiktiriladi. Zotan:

«Har ummatning oʻz Paygʻambari bordir».

Oʻsha Paygʻambarning kelishi ham Allohning ixtiyoridadir. Paygʻambar kelib, ularni ogohlantiradi, din hukmlarini bayon qiladi, hidoyat yoʻliga daʼvat etadi. Qavmdan baʼzilari iymon keltirib, unga ergashadilar. Baʼzilari kufr keltirib, sarkashlik qiladilar. Ana shunda Paygʻambarga boʻlgan munosabatlariga qarab, ular orasida adolat bilan hukm chiqariladi.

«Qachonki ularga Paygʻambarlari kelsa, oralarida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.»

Shunday ekan, kofirlar va osiylar koʻzlarini ochsinlar. Daʼvatchilar va haq yoʻlda kurashayotganlar siqilmasinlar, shoshilmasinlar, sabr bilan kurashlarini davom ettiraversinlar.

Kofir va mushriklar esa, boshlariga azob kelmayotganidan, oʻzlarini haq deb biladilar. Shuning uchun ham, Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda surbetlik bilan qayta- qayta soʻrar edilar.