وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`ladi?» derlar.Улар: «Агар ростгўйлардан бўлсангиз, бу ваъда қачон бўлади?» дерлар.Alauddin Mansour: Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangizlar (aytinglar-chi), mana shu vaʼda (qilingan azob) qachon boʻladi?!», deydilar.Улар: «Агар ростгўй бўлсангизлар (айтинглар-чи), мана шу ваъда (қилинган азоб) қачон бўлади?!», дейдилар.
Yaʼni, mushriklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan:
«Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?» degan savolni soʻrar edilar. Yaʼni, sizlar «Kofirlarga Allohning azobi boʻladi», degan gapingizda rostgoʻylardan boʻlsangiz, ayting- chi, oʻsha azob haqidagi vaʼda qachon voqe boʻladi?–deb soʻrardilar.
Kofirlarning bu savolining javobini ham Paygʻambarimiz alayhissalomga Alloh taolo oʻrgatmoqda: