QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят49

قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى ضَرًّا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَـْٔخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men o`zim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu bo`ladi). Har ummatning o`z ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt.Сен: «Мен ўзим ҳам на зарарга ва на фойдага молик эмасман. Магар Аллоҳ нимани хоҳласа (шу бўлади). Ҳар умматнинг ўз ажали бор. Ажаллари келган вақтда бир соатга орқага ҳам, олдинга ҳам сура олмаслар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men agar Alloh xohlamasa (oʻzgalar u yoqda tursin), oʻzimga ham biron ziyon yo foyda yetkazishga qodir emasman. (Binobarin, kelajak, gʻayb ilmlaridan ham xabardor emasman, lekin) har bir millat-avlod uchun bir ajal bordir. Qachon ajallari yetsa, uni biron soat ketga ham sura olmaydilar, ilgari ham qila olmaydilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Мен агар Аллоҳ хоҳламаса (ўзгалар у ёқда турсин), ўзимга ҳам бирон зиён ё фойда етказишга қодир эмасман. (Бинобарин, келажак, ғайб илмларидан ҳам хабардор эмасман, лекин) ҳар бир миллат-авлод учун бир ажал бордир. Қачон ажаллари етса, уни бирон соат кетга ҳам сура олмайдилар, илгари ҳам қила олмайдилар.

214-sahifa · 11-juz · 22-hizb214-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلaytайтلَّآemasэмасأَمْلِكُmolikmanмоликманلِنَفْسِىoʻzim uchunўзим учунضَرًّۭاzarargaзараргаوَلَاva emasва эмасنَفْعًاfoydagaфойдагаإِلَّاmagarмагарمَاnimaniниманиشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُ ۗAllohАллоҳلِكُلِّharҳарأُمَّةٍummatningумматнингأَجَلٌ ۚoʻz ajali borўз ажали борإِذَاqachonқачонجَآءَkelsaкелсаأَجَلُهُمْajallariажаллариفَلَاbas, emasбас, эмасيَسْتَـْٔخِرُونَorqaga sura olurlarорқага сура олурларسَاعَةًۭ ۖbir soatgaбир соатгаوَلَاva emasва эмасيَسْتَقْدِمُونَoldinga sura olurlarолдинга сура олурлар
TafsirТафсир

Gapning xulosasi–shu. Birovga zarar yoki foyda yetkazish faqat Allohning ishi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga na zarar, na foyda yetkaza olmasalar, demak, oʻzgalarga ham yetkaza olmasliklari turgan gap. Lekin ular hadeb u zotdan vaʼda qilingan azob qachon kelishini soʻrayveradilar. Aslida esa,

«Alloh nimani xohlasa (shu boʻladi)».

Alloh azob yuborishni xohlasa, azob keladi, xohlamasa, kelmaydi.

Sizlar shoshilib, hadeb soʻrayvermanglar:

«Har ummatning oʻz ajali bor».

U ajalni Alloh taoloning Oʻzi belgilab qoʻygan va qachon kelishini ham faqat U zotning Oʻzi biladi. Ammo ummatlar:

«Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar».

Ajal kelgan soatning ayni oʻzida halok boʻladilar. Bunga oʻtgan ummatlar, xususan, Qurʼoni Karimda zikri kelgan ummatlar yorqin misoldir. Baʼzi ulamolarimiz, ummatlarning halokati faqat jismoniy boʻlishi shart emas, maʼnaviy halokat ham shunga kiradi, deydilar.

Ey Paygʻambar!