QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят50

قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُهُۥ بَيَـٰتًا أَوْ نَهَارًا مَّاذَا يَسْتَعْجِلُ مِنْهُ ٱلْمُجْرِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Xabar bering-chi, agar Uning azobi sizlarga kechasi yoki kunduzi kelsa, jinoyatchilar uning nimasiga shoshilmoqdalar?» deb ayt.Сен: «Хабар беринг-чи, агар Унинг азоби сизларга кечаси ёки кундузи келса, жиноятчилар унинг нимасига шошилмоқдалар?» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar U zotning azobi sizlarga kechasi yo kunduzi kelsa (bundan sizlarga ne foyda?) Bu jinoyatchi kimsalar (yaʼni, mushriklar) u azobning nimasini shoshtirmoqdalar-a?!Айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар У зотнинг азоби сизларга кечаси ё кундузи келса (бундан сизларга не фойда?) Бу жиноятчи кимсалар (яъни, мушриклар) у азобнинг нимасини шоштирмоқдалар-а?!

214-sahifa · 11-juz · 22-hizb214-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأَرَءَيْتُمْxabar bering-chiхабар беринг-чиإِنْagarагарأَتَىٰكُمْsizlarga kelsaсизларга келсаعَذَابُهُۥUning azobiУнинг азобиبَيَـٰتًاkechasiкечасиأَوْyokiёкиنَهَارًۭاkunduziкундузиمَّاذَاnimasigaнимасигаيَسْتَعْجِلُshoshilmoqdalarшошилмоқдаларمِنْهُundanунданٱلْمُجْرِمُونَjinoyatchilarжиноятчилар
TafsirТафсир

Mushrik-kofirlarga qarata aytilishi lozim boʻlgan bu savolni ham Alloh taolo Paygʻambariga Oʻzi oʻrgatayotibdi. Bu savol ularning gʻoyatda mantiqsiz talab qoʻyayotganlarini fosh qiladi. Mushriklar azobni koʻrishga oshiqib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan uning qachon kelishini qayta-qayta soʻrar edilar. Aytaylik, azob keldi ham, ammo keyin nima qilishadi, uning nimasiga oshiqishadi? Axir, azob kelsa, halok boʻlishadi-ku! Unga oshiqishning nima foydasi bor?!

Baribir, vaqti-soati yetib, oʻsha vaʼda qilingan azob boshingizga tushadi. Uning taʼmini albatta totasiz. Oʻshanda uning haqligiga albatta ishonasiz. Oʻshanda sizlarga quyidagi xitob ham qilinadi: