أَثُمَّ إِذَا مَا وَقَعَ ءَامَنتُم بِهِۦٓ ۚ ءَآلْـَٔـٰنَ وَقَدْ كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U voqe bo`lganidan so`ng unga ishondingizmi? Endi-ya?! Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?!У воқе бўлганидан сўнг унга ишондингизми? Энди-я?! Уни, тезроқ келсин, деб шошилаётган эдингиз-ку?!Alauddin Mansour: Oʻshanda (Allohning azobi boshingizga) tushganida (sizlarga): «Unga iymon keltirdingizlar? Endi-ya?! Axir (azob tushishiga ishonmay) uni shoshtirayotgan edingizlar-ku?!» (deyilur).Ўшанда (Аллоҳнинг азоби бошингизга) тушганида (сизларга): «Унга иймон келтирдингизлар? Энди-я?! Ахир (азоб тушишига ишонмай) уни шоштираётган эдингизлар-ку?!» (дейилур).
Ha, Alloh taolo tomonidan kofirlarga vaʼda qilingan azobning tushishi muqarrar. Qachon boʻlsa ham, u baribir tushadi. Ana oʻsha vaqtda mushrik va kofirlarga: «U voqe boʻlganidan soʻng unga ishondingizmi?» Ey, mushriklar! Ey, kofirlar! Vaʼda qilingan azob voqe boʻlganidan keyingina unga ishondingizmi?! «Endi–ya?!» Avvallari, besh kunlik hayoti dunyoda qayoqda edingiz?! Nima uchun oʻsha paytda bu azobga ishonmagan edingiz?! Endi nimaga dod-voy solmoqdasiz?! Oʻshanda, «Uni, tezroq kelsin, deb shoshilayotgan edingiz-ku?!» degan soʻzlar aytiladi. Hamda: