۞ وَيَسْتَنۢبِـُٔونَكَ أَحَقٌّ هُوَ ۖ قُلْ إِى وَرَبِّىٓ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sendan: «U haqmi?» deb so`rarlar. «Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt.Улар сендан: «У ҳақми?» деб сўрарлар. «Ҳа, Парвардигорим ҳаққи, албатта, у ҳақдир ва сизлар қочиб қутулувчи эмассизлар», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan: «U (vaʼda qilingan azob) haqmi?», deb soʻraydilar. Ayting: «Ha, Parvardigorimga qasamki, albatta u haqdir. Sizlar (undan) qochib qutulguvchi emassizlar».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан: «У (ваъда қилинган азоб) ҳақми?», деб сўрайдилар. Айтинг: «Ҳа, Парвардигоримга қасамки, албатта у ҳақдир. Сизлар (ундан) қочиб қутулгувчи эмассизлар».
Yaʼni, mushriklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Vaʼda qilinayotgan azob haqmi?» deb yana qayta soʻraydilar. Alloh taolo esa, Paygʻambariga:
«Ha, Parvardigorim haqqi, albatta, u haqdir va sizlar qochib qutuluvchi emassizlar», deb ayt», deb oʻrgatmoqda.
Ha, qiyomat haq, unda kofir, mushrik va gunohkorlarning azobga duchor boʻlishlari ham haq. Ular hech qachon undan qochib qutula olmaydilar.