وَلَوْ أَنَّ لِكُلِّ نَفْسٍ ظَلَمَتْ مَا فِى ٱلْأَرْضِ لَٱفْتَدَتْ بِهِۦ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۖ وَقُضِىَ بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar har bir zulm qilgan jonga yer yuzidagi hamma narsa berilsa-yu, uni fido qilsa ham. Azobni ko`rganlarida ichlarida nadomat cheksalar ham. Ular o`rtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.Агар ҳар бир зулм қилган жонга ер юзидаги ҳамма нарса берилса-ю, уни фидо қилса ҳам. Азобни кўрганларида ичларида надомат чексалар ҳам. Улар ўртасида адолат ила ҳукм чиқарилур. Уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Ular azobni koʻrgan vaqtlarida agar oʻziga jabr qilgan (yaʼni, kofir boʻlib oʻtgan) har bir jon uchun Yerdagi bor narsa boʻlsa, u (oʻsha azobdan qutulish uchun) albatta uni (bor narsasini) fido qilgan va (iymon keltirmagani uchun) afsus-nadomatlar chekkan boʻlur edi. (U kunda) ularga zulm qilinmagan holda oʻrtalarida adolat bilan hukm qilinur. (Yaʼni, bu dunyodagi qilmishlariga yarasha jazolanurlar).Улар азобни кўрган вақтларида агар ўзига жабр қилган (яъни, кофир бўлиб ўтган) ҳар бир жон учун Ердаги бор нарса бўлса, у (ўша азобдан қутулиш учун) албатта уни (бор нарсасини) фидо қилган ва (иймон келтирмагани учун) афсус-надоматлар чеккан бўлур эди. (У кунда) уларга зулм қилинмаган ҳолда ўрталарида адолат билан ҳукм қилинур. (Яъни, бу дунёдаги қилмишларига яраша жазоланурлар).
Yaʼni, qiyomat kunida zolimlar har qancha urinsalar ham, jazodan qutula olmaydilar. Agar, farazan, oʻsha kofir, mushrik va zolimlarning har biriga yer yuzidagi hamma narsalar toʻplab berilib, mana shularni sarfla, fido qil, oʻzingni qutqarib qol, deyilsa va u shuni qilsa ham, baribir, qutula olmaydi.
Shuningdek, oʻsha mushrik, kofir va zolimlar azobni koʻrgan chogʻlarida ich-ichlaridan nadomat chekib, afsuslansalar, tavba-tazarru qilsalar ham, qutula olmaydilar. Chunki, u paytda vaqt oʻtgan, hisob-kitob pishgan boʻladi.
«Ular oʻrtasida adolat ila hukm chiqarilur. Ularga zulm qilinmas.»
Shuning uchun, bu dunyoda ogoh boʻlib, Allohning aytganidan chiqmay yashamoq lozim. Ha,