QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят55

أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَلَآ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`ling! Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir. Ogoh bo`ling! Allohning va'dasi, albatta, haqdir. Lekin ko`plari bilmaslar.Огоҳ бўлинг! Осмонлару ердаги нарсалар, албатта, Аллоҳникидир. Огоҳ бўлинг! Аллоҳнинг ваъдаси, албатта, ҳақдир. Лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Ogoh boʻlingizkim, osmonlar va Yerdagi narsalar, shubhasiz, Allohnikidir. Ogoh boʻlingizkim, albatta Allohning vaʼdasi haqqi-rost vaʼdadir. Lekin ularning koʻplari bilmaydilar.Огоҳ бўлингизким, осмонлар ва Ердаги нарсалар, шубҳасиз, Аллоҳникидир. Огоҳ бўлингизким, албатта Аллоҳнинг ваъдаси ҳаққи-рост ваъдадир. Лекин уларнинг кўплари билмайдилар.

215-sahifa · 11-juz · 22-hizb215-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَآogoh boʻling!огоҳ бўлинг!إِنَّalbattaалбаттаلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирمَاnarsalarнарсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۗva yerва ерأَلَآogoh boʻling!огоҳ бўлинг!إِنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭhaqdirҳақдирوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْkoʻplariкўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilarlarбиларлар
TafsirТафсир

Ey, kofirlar, fosiqlar, osiylar! Ogoh boʻlinglar! Allohning azobidan qutulib qolaman, deb xomtama boʻlmanglar! «Osmonlaru yerdagi narsalar, albatta, Allohnikidir.» Shunday boʻlgandan keyin, yetti qavat osmonning ustiga chiqib olsangiz ham, yetti qavat yerning tagiga kirib ketsangiz ham, baribir, xohlagan vaqtida, xohlagan joyida va xohlaganiday qilib sizni azoblaydi. U zot zolimlarni–kofir, fosiq va osiylarni azoblashni vaʼda qilgan. «Ogoh boʻling! Allohning vaʼdasi, albatta, haqdir.» U vaʼdasiga xilof qilmaydi. Kofir, fosiq va osiylarni azoblamay qoʻymaydi. «Lekin koʻplari bilmaslar.» Shuning uchun, kofirlik, fosiqlik va osiylik qiladilar. Ey odamlar, koʻzingizni ochinglar! Ogoh boʻlinglar!