يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ قَدْ جَآءَتْكُم مَّوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَشِفَآءٌ لِّمَا فِى ٱلصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Sizga o`z Robbingizdan mav'iza, ko`ksingizdagi narsaga shifo, mo`minlarga hidoyat va rahmat keldi.Эй одамлар! Сизга ўз Роббингиздан мавъиза, кўксингиздаги нарсага шифо, мўминларга ҳидоят ва раҳмат келди.Alauddin Mansour: Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan pand-nasihat, dillaringizdagi (buzuq eʼtiqodlardan iborat) narsalarga shifo va iymon keltirgan zotlarga hidoyat va rahmat (yaʼni, Qurʼon) keldi.Эй инсонлар, сизларга Парвардигорингиз томонидан панд-насиҳат, дилларингиздаги (бузуқ эътиқодлардан иборат) нарсаларга шифо ва иймон келтирган зотларга ҳидоят ва раҳмат (яъни, Қуръон) келди.
Ey odamlar! Qurʼonni yolgʻon demang! Qurʼonni falonchi toʻqigan, demang! Uning toʻgʻrisida shubha qilmang. «Sizga oʻz Robbingizdan mavʼiza» keldi. U sizlarga ikki dunyo baxtiga erishishingiz uchun kerakli mavʼizalar, pand-nasihat va koʻrsatmalar yoʻlladi. Bu Qurʼon oddiy kitob emas, u Robbingizning huzuridan sizning «koʻksingizdagi narsaga shifo» boʻlib kelgandir. U qalbingizdagi ruhiy, maʼnaviy dardlaringizning barchasiga shifo boʻlib keldi. Shularning qatorida sizning ichingizdagi «moʻminlarga hidoyat va rahmat keldi». Kim Qurʼonga iymon keltirib, musulmon boʻlsa, u oʻsha odamni hidoyatga boshlaydi, Allohning rahmatiga erishtiradi. Keyingi oyati karimada Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qilib, Qurʼoni Karimning vasfini odamlarga bayon qilib berishni amr etmoqda: