QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят58

قُلْ بِفَضْلِ ٱللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِۦ فَبِذَٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا۟ هُوَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas, ana shu bilan xursand bo`lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt.Сен: «Аллоҳнинг фазли ила ва Унинг раҳмати ила. Бас, ана шу билан хурсанд бўлсинлар. У улар жамлайдиган нарсалардан яхшидир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Allohning fazlu marhamati (yaʼni, Islom) va rahmat-mehribonligi (yaʼni, Qurʼon) bilan — mana shu (neʼmat) bilan shod-xurram boʻlsinlar. (Zero), bu ular toʻplaydigan mol-dunyolaridan yaxshiroqdir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Аллоҳнинг фазлу марҳамати (яъни, Ислом) ва раҳмат-меҳрибонлиги (яъни, Қуръон) билан — мана шу (неъмат) билан шод-хуррам бўлсинлар. (Зеро), бу улар тўплайдиган мол-дунёларидан яхшироқдир».

215-sahifa · 11-juz · 22-hizb215-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтبِفَضْلِfazli ilaфазли илаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَبِرَحْمَتِهِۦva Uning rahmati ilaва Унинг раҳмати илаفَبِذَٰلِكَbas, ana shu bilanбас, ана шу биланفَلْيَفْرَحُوا۟xursand boʻlsinlarхурсанд бўлсинларهُوَuуخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирمِّمَّاnarsalardanнарсаларданيَجْمَعُونَular jamlaydiganулар жамлайдиган
TafsirТафсир

Bir ummatga ikki dunyo baxtiga erishtiruvchi ilohiy kitob berilishi oʻsha millatga Allohning fazli va marhamatidir. Ha, Qurʼoni Karimning Alloh taolo tomonidan Islom millatiga berilishi

«Allohning fazli ila va Uning rahmati ila» boʻlgandir.

Bu millat ushbu fazli ilohiy ila, rahmati Robboniy ila qancha xursand boʻlsa, arziydi.

«Bas, ana shu bilan xursand boʻlsinlar.»

Alloh taoloning fazli va marhamati boʻlmish Qurʼoni Karimga iymon keltirib, uni oʻziga dastur qilib olgan zotlar oʻsha eng ulugʻ fazl va rahmatga erishgan kishilar sifatida qancha xursand boʻlsalar, shuncha oz.

«U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir.»

Qurʼonga erishish dunyodagi boshqa hamma narsalarni jamlab, oʻshalarga ega boʻlishdan koʻra yaxshiroqdir.

Afsuski, musulmonman, deb yurgan koʻplar Allohning bu fazli va rahmatining qadrini bilmayaptilar. Turli moddiy va boshqa talablar ortidan ketmoqdalar. Oʻsha qadrsiz narsalarni deb, oʻzlarini oʻtga-choʻqqa urmoqdalar. Ilohiy taʼlimotni–Qurʼonni qoʻyib, boshqa taʼlimotlar ortidan boryaptilar. Qurʼon taʼlimotiga yurilmasa, zalolatga ketish turgan gap. Quyidagi oyatlarda ana shunga oʻxshash zalolatlardan biri haqida soʻz ketadi: