QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят59

قُلْ أَرَءَيْتُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ لَكُم مِّن رِّزْقٍ فَجَعَلْتُم مِّنْهُ حَرَامًا وَحَلَـٰلًا قُلْ ءَآللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى ٱللَّهِ تَفْتَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt. Sen: «Alloh sizga izn berdimi yoki Allohga nisbatan yolg`on to`qiyapsizmi?» deb ayt.Сен: «Аллоҳ сизга нозил қилган ризқдан хабар беринг-чи! Уни ҳаром ва ҳалол қилиб олдингиз!» деб айт. Сен: «Аллоҳ сизга изн бердими ёки Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқияпсизми?» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Xabar beringiz-chi (ey mushriklar), Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqu roʻzning (ayrimlarini) harom, ayrimlarini) halol qilib oldingiz». Ayting: «Xabar beringiz-chi, (bunday qilish uchun) sizlarga Alloh izn berdimi yoki Alloh shaʼniga boʻhton qilmoqdamisizlar?!»Айтинг: «Хабар берингиз-чи (эй мушриклар), Аллоҳ сизлар учун нозил қилган ризқу рўзнинг (айримларини) ҳаром, айримларини) ҳалол қилиб олдингиз». Айтинг: «Хабар берингиз-чи, (бундай қилиш учун) сизларга Аллоҳ изн бердими ёки Аллоҳ шаънига бўҳтон қилмоқдамисизлар?!»

215-sahifa · 11-juz · 22-hizb215-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтأَرَءَيْتُمxabar bering-chiхабар беринг-чиمَّآnarsaniнарсаниأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمsizgaсизгаمِّن-dan-данرِّزْقٍۢrizqризқفَجَعَلْتُمbas, qilib oldingizбас, қилиб олдингизمِّنْهُundanунданحَرَامًۭاharomҳаромوَحَلَـٰلًۭاva halolва ҳалолقُلْsen aytсен айтءَآللَّهُAllohmiАллоҳмиأَذِنَizn berdiизн бердиلَكُمْ ۖsizgaсизгаأَمْyokiёкиعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаتَفْتَرُونَyolgʻon toʻqiyapsizmiёлғон тўқияпсизми
TafsirТафсир

Surai karimaning avvalida zikr qilinganidek, bandaga rizqni faqat Alloh taoloning Oʻzi beradi. U zotdan boshqa rizq beruvchi yoʻq.

Shunga binoan, rizqni beruvchi zotgina, uning haqiqiy egasigina oʻsha rizqni halol yoki harom qilish huquqiga egadir. Bu ishga undan boshqa hech kimning haqqi yoʻq. Ammo mushrik va kofirlar bunga koʻnmaydilar. Ular oʻzlariga baʼzi narsalarni halol va baʼzi narsalarni harom qilib oladilar. Ushbu oyatda Alloh taoloning haqqiga qilgan tajovuzlari savol tariqasida isbot etilmoqda va Paygʻambarimiz alayhissalomga bu savolni kofir va mushriklarga berish taklif qilinmoqda:

«Alloh sizga nozil qilgan rizqdan xabar bering-chi! Uni harom va halol qilib oldingiz!» deb ayt».

Rizq beruvchi kim, degan savolga «Alloh» deb javob bergan edingiz. Uning haqiqiy va yagona rizq berguvchi ekanligini ham eʼtirof qilgan edingiz. Endi nima uchun, U bergan rizqning halol-haromligi bayonini U zotning Oʻzidan kutmay, oʻzingizcha, bu halol, bu harom, demoqdasiz? Kim berdi sizga bu huquqni?!

«Yoki Alloh sizga izn berdimi?»

Agar izn bergan boʻlsa, isbot qiling.

«Yoki Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyapsizmi?»