QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят60

وَمَا ظَنُّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor? Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin ko`plari shukr qilmaslar.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиётганларнинг қиёмат куни ҳақида нима гумонлари бор? Албатта, Аллоҳ одамлар учун фазл эгасидир. Лекин кўплари шукр қилмаслар.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqiydigan kimsalar Qiyomat Kuni haqida qanday gumon qilar ekanlar-a? Hech shak-shubhasiz, Alloh odamlarga fazlu marhamat Sohibidir, lekin ularning koʻplari shukr qilmaydilar.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқийдиган кимсалар Қиёмат Куни ҳақида қандай гумон қилар эканлар-а? Ҳеч шак-шубҳасиз, Аллоҳ одамларга фазлу марҳамат Соҳибидир, лекин уларнинг кўплари шукр қилмайдилар.

215-sahifa · 11-juz · 22-hizb215-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva nimaва нимаظَنُّgumoniгумониٱلَّذِينَularningуларнингيَفْتَرُونَtoʻqiyotganтўқиётганعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаٱلْكَذِبَyolgʻonniёлғонниيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۗqiyomatқиёматإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَذُوegasidirэгасидирفَضْلٍfazlфазлعَلَىuchunучунٱلنَّاسِodamlarодамларوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْkoʻplariкўплариلَاemasэмасيَشْكُرُونَshukr qilarlarшукр қиларлар
TafsirТафсир

Odamlar bilib-bilmay, Allohga yolgʻon toʻqiyveradilar. Jumladan, Alloh bergan rizqning baʼzisini oʻzlaricha harom, baʼzisini halol qilib oladilar. Qoʻrqmaydilar ham. Lekin oʻsha:

«Allohga nisbatan yolgʻon toʻqiyotganlarning qiyomat kuni haqida nima gumonlari bor?»

Oʻsha ulugʻ va dahshatli Kunning kelishiga gumon qiladilarmi? Oʻsha kunda ham bir ilojini topib qutulib ketamiz, deb oʻylaydilarmi? Yoki boshqa gumonlari bormi? Ular Alloh taoloning haqqiga yolgʻon soʻzlashdan oldin qiyomat kuni haqida ham bir oʻylab olsinlar. Shu bilan birga, quyidagi haqiqatni ham oʻylab qoʻysinlar:

«Albatta, Alloh odamlar uchun fazl egasidir. Lekin koʻplari shukr qilmaslar».

Ular oʻzlariga berilgan Allohning fazlini–rizq, sogʻlik, tinchlik va boshqa neʼmatlarni bilmaganlari uchun U zotga shukr qilmaydilar. Oqibatda, Unga nisbatan yolgʻon toʻqiydilar. Ulugʻ zot boʻlmish Allohning sof haqlariga tajovuz qilishgacha yetib boradilar. Bu halol, bu harom, buni qilsa boʻladi, bunisi mumkin emas, deb hukmlar chiqarishga oʻtadilar. Alloh koʻrsatib bergan tayyor yoʻldan yurib, nima halol, nima haromligini, nima qilish kerag-u, nimani tark etish lozimligini uning dasturidan olmay, oʻzicha hukm chiqarishga uringanlar eng katta noshukrlardir. Ammo, ular nima qilayotganini Alloh taoloning Oʻzi koʻrib-bilib turibdi. Shuning uchun, Paygʻambar ham, unga ergashganlar ham koʻngillarini toʻq tutsinlar. Allohning haqqiga yolgʻon toʻqiyotganlar ularga zarar yetkaza olmaydilar.

Ey Paygʻambar!