QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят61

وَمَا تَكُونُ فِى شَأْنٍ وَمَا تَتْلُوا۟ مِنْهُ مِن قُرْءَانٍ وَلَا تَعْمَلُونَ مِنْ عَمَلٍ إِلَّا كُنَّا عَلَيْكُمْ شُهُودًا إِذْ تُفِيضُونَ فِيهِ ۚ وَمَا يَعْزُبُ عَن رَّبِّكَ مِن مِّثْقَالِ ذَرَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَلَآ أَصْغَرَ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرَ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qaysi holda bo`lsang, Qur'ondan nimani tilovat etsang, ishlardan qay birini qilsang, albatta, Biz o`shanga kirishayotgan paytinglarda sizlarga guvohmiz. Na yer yuzida va na osmonlarda zarra miqdoridagi, undan kichikroq yoki kattaroq narsa Robbingdan maxfiy bo`la olmas, balki, ochiq-oydin kitobdadir.Қайси ҳолда бўлсанг, Қуръондан нимани тиловат этсанг, ишлардан қай бирини қилсанг, албатта, Биз ўшанга киришаётган пайтингларда сизларга гувоҳмиз. На ер юзида ва на осмонларда зарра миқдоридаги, ундан кичикроқ ёки каттароқ нарса Роббингдан махфий бўла олмас, балки, очиқ-ойдин китобдадир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz qanday ish (bilan) mashgʻul boʻlmang va u (ish) haqida Qurʼondan biron oyat oʻqimang, (ey insonlar), sizlar qanday amalni qilmanglar, oʻsha ishlarga kirishgan paytingizda, albatta Biz Sizlarning ustingizda guvoh boʻlurmiz. Yeru osmondagi bir zarra misolichalik, undan ham kichikroq (yoki) kattaroq biron narsa Parvardigoringizdan maxfiy boʻlmas — albatta, ochiq Kitobda (yaʼni, Lavhul-Mahfuzda) mavjud boʻlur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз қандай иш (билан) машғул бўлманг ва у (иш) ҳақида Қуръондан бирон оят ўқиманг, (эй инсонлар), сизлар қандай амални қилманглар, ўша ишларга киришган пайтингизда, албатта Биз Сизларнинг устингизда гувоҳ бўлурмиз. Еру осмондаги бир зарра мисоличалик, ундан ҳам кичикроқ (ёки) каттароқ бирон нарса Парвардигорингиздан махфий бўлмас — албатта, очиқ Китобда (яъни, Лавҳул-Маҳфузда) мавжуд бўлур.

215-sahifa · 11-juz · 22-hizb215-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасتَكُونُsen boʻlursanсен бўлурсанفِى-da-даشَأْنٍۢbiror holбирор ҳолوَمَاva emasва эмасتَتْلُوا۟tilovat qilursanтиловат қилурсанمِنْهُundanунданمِن-dan-данقُرْءَانٍۢQurʼonҚуръонوَلَاva emasва эмасتَعْمَلُونَqilursizlarқилурсизларمِنْbirorбирорعَمَلٍamalамалإِلَّاmagarмагарكُنَّاBiz boʻlurmizБиз бўлурмизعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаشُهُودًاguvohlarгувоҳларإِذْvaqtikiвақтикиتُفِيضُونَkirishursizlarкиришурсизларفِيهِ ۚungaунгаوَمَاva emasва эмасيَعْزُبُmaxfiy boʻla olurмахфий бўла олурعَن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингمِنbirorбирорمِّثْقَالِmiqdoridagiмиқдоридагиذَرَّةٍۢzarraзарраفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَلَاva naва наفِى-da-даٱلسَّمَآءِosmonосмонوَلَآva naва наأَصْغَرَkichikroqкичикроқمِن-dan-данذَٰلِكَoʻshaўшаوَلَآva naва наأَكْبَرَkattaroqкаттароқإِلَّاbalkiбалкиفِى-da-даكِتَـٰبٍۢkitobкитобمُّبِينٍochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Demak, har bir narsani Alloh nafaqat koʻradi yoki biladi, balki unga guvoh boʻladi va ochiq-oydin kitobga yozib ham qoʻyadi. Qadimgi ulamolarimiz «zarra» deganda quyosh nurida koʻzga chalinadigan chang zarrachalarini tushunganlar. Ammo bugun «zarra» deganda «atom», «elektron» kabi koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan moddalar tushunilmoqda. Ana shu zarralar ham Alloh tomonidan maxfiy qolmas ekan. Albatta, oʻshanga binoan vaqti kelganda hisob-kitob qilinadi. Shunday boʻlgandan keyin, dunyoda eng katta gunohni qilganlarning– Alloh taologagina xos boʻlgan haqqa tajovuz etib, U zotning shaʼniga yolgʻon toʻqib, bergan rizqining baʼzisini harom, baʼzisini halol deganlarning gunohi maxfiy boʻlib qolarmidi? Yoʻq, albatta.

Shuningdek, zarra miqdoridagi ishga ham Alloh guvoh boʻlib turibdi, ochiq-oydin kitobga yozilib turibdi, degan eʼtiqod bilan yashab, Allohga ixlos ila eʼtiqod va bandalik qilganlarning biror amali zoye boʻlarmidi? Albatta, yoʻq. Hammasi hisobga olinadi va mukofoti beriladi.