QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят62

أَلَآ إِنَّ أَوْلِيَآءَ ٱللَّهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`lingkim, Allohning do`stlariga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.Огоҳ бўлингким, Аллоҳнинг дўстларига хавф йўқдир ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Ogoh boʻlingizkim, albatta Allohning doʻstlariga (Oxiratda) biron xavf-xatar yoʻqdir va ular gʻamgin boʻlmaydilar.Огоҳ бўлингизким, албатта Аллоҳнинг дўстларига (Охиратда) бирон хавф-хатар йўқдир ва улар ғамгин бўлмайдилар.

216-sahifa · 11-juz · 22-hizb216-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَآogoh boʻling!огоҳ бўлинг!إِنَّalbattaалбаттаأَوْلِيَآءَdoʻstlarigaдўстларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингلَاyoʻqdirйўқдирخَوْفٌxavfхавфعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيَحْزَنُونَxafa boʻlurlarхафа бўлурлар
TafsirТафсир

Ha, Allohning doʻstlariga ham bu dunyoda va ham oxiratda hech qanday xavf yoʻqdir. Ular ikki dunyoda ham toʻliq omonlikdadirlar. Ular bu dunyoda Allohga doʻst boʻlganlari uchun, U zotning koʻrsatmalari boʻyicha halol-pok, toʻgʻri yashaganlari uchun ularga hech narsa xavf-xatar solmaydi. Ularning sogʻligʻiga, molu mulkiga, obroʻ-eʼtiboriga, oilasiga, jonlariga, umuman hech narsalariga hech qanday xavf yoʻq.

Shuningdek, oxiratda ham ularga doʻzaxning, undagi azob-uqubatlarning hech qanday xavfi yoʻq.

Allohning doʻstlari bu dunyoyu oxiratda hech xafa ham boʻlmaslar. Ular doimo xursand boʻlurlar.

Ana oʻsha baxtiyor shaxslar, Allohning doʻsti boʻlish sharafiga muyassar boʻlganlar, ikki dunyoda xavfdan xoli boʻlganlar, ikki dunyoda xafa boʻlmaydiganlar kimlardir?