QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят83

فَمَآ ءَامَنَ لِمُوسَىٰٓ إِلَّا ذُرِّيَّةٌ مِّن قَوْمِهِۦ عَلَىٰ خَوْفٍ مِّن فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِمْ أَن يَفْتِنَهُمْ ۚ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْمُسْرِفِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Musoga o`z qavmidan ba'zi zurriyotlargina Fir'avn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qo`rqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi.Мусога ўз қавмидан баъзи зурриётларгина Фиръавн ва амалдор-зодагонларининг фитна қилмоқларидан қўрққан ҳолларида иймон келтирдилар, холос. Албатта, Фиръавн ер юзида баланд кетган эди. Албатта, у исрофчилардан эди.Alauddin Mansour: Shunda Muso qavmidan faqat bir toifa odam Firʼavn va uning odamlarining fitna-fasodlaridan qoʻrqqan holda iymon keltirdilar. Chunki Firʼavn u yerda gʻolib (edi) va u, shubhasiz, haddan oshuvchi kimsalardandir.Шунда Мусо қавмидан фақат бир тоифа одам Фиръавн ва унинг одамларининг фитна-фасодларидан қўрққан ҳолда иймон келтирдилар. Чунки Фиръавн у ерда ғолиб (эди) ва у, шубҳасиз, ҳаддан ошувчи кимсалардандир.

218-sahifa · 11-juz · 22-hizb218-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَآbas, emasбас, эмасءَامَنَiymon keltirdiиймон келтирдиلِمُوسَىٰٓMusogaМусогаإِلَّاfaqatginaфақатгинаذُرِّيَّةٌۭbaʼzi zurriyotlarбаъзи зурриётларمِّن-dan-данقَوْمِهِۦoʻz qavmiўз қавмиعَلَىٰholidaҳолидаخَوْفٍۢqoʻrquvқўрқувمِّن-dan-данفِرْعَوْنَFirʼavnФиръавнوَمَلَإِي۟هِمْva amaldor-zodagonlariва амалдор-зодагонлариأَن-ki-киيَفْتِنَهُمْ ۚularni fitna qilmoqlariуларни фитна қилмоқлариوَإِنَّva albattaва албаттаفِرْعَوْنَFirʼavnФиръавнلَعَالٍۢbaland ketgan ediбаланд кетган эдиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уلَمِنَ-dan edi-дан эдиٱلْمُسْرِفِينَisrofchilarисрофчилар
TafsirТафсир

Muso alayhissalomning shunchalik moʻʼjizalar koʻrsatishiga, sehrgarlar bilan boʻlgan muborazada yutib chiqishlariga qaramay, koʻpchilik iymon keltirmadi. Faqat oʻz qavmlaridan baʼzi «zurriyotlar»gina iymon keltirdilar. Tafsirchilarimiz «zurriyotlar»ni «yoshlar» deb talqin etganlar.

Buning sababi nimada? Albatta, bu Allohning irodasiga bogʻliq ish. Lekin hayotda sinalgani shuki, davlat boshligʻi va uning amaldorlari dinga qarshi borib, dushmanlik qilib turganlarida, avom xalqning dinga berilishi qiyin boʻladi. Ayniqsa, katta yoshdagilar oʻzlari oʻrganib qolgan narsani tashlab dinga oʻtishga uncha shoshilmaydilar. Ammo yoshlar, qalblari pokroq boʻlganidan, haq dinga yurishlari mumkin. Garchi hukumat va amaldorlar ularga fitna yuborishlaridan qoʻrqsalar ham. Oyatdan mana shu maʼnolar kelib chiqadi. Oʻsha paytdagi yoshlar–zurriyotlar Firʼavn va uning amaldorlarining fitnasidan qoʻrqib boʻlsa ham, Muso alayhissalomga iymon keltirdilar. Boshqa suralarda kelgan xabarlardan Firʼavnning Muso alayhissalomga iymon keltirganlarni ogʻir qiynoqlarga solishni aytib, tahdid qilgani maʼlum. Aslida, uning oʻzi Allohning amrini qabul etmasdan katta xato qilgan edi.

«Albatta, Firʼavn yer yuzida baland ketgan edi.»

U laʼnati, odamlarni Allohning aytganini qoʻyib, oʻzining aytganiga yurishga majbur qilgan edi. Ularni Allohning ibodatidan toʻsgan edi.

«Albatta u (tugʻyonda) isrofchilardan edi.»

Oʻz foydasi uchun har qanday zulm va vahshiylikdan qaytmas edi. Bunday jabbor hukm qilayotgan yurtdagi moʻminlarga oson boʻlmaydi. Shuning uchun ham, iymon keltirgan kishilarga qarata