QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят82

وَيُحِقُّ ٱللَّهُ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَـٰتِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh O`z kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni ro`yobga chiqarur», dedi.Ва Аллоҳ Ўз калимаси ила, гарчи жиноятчилар ёқтирмаса ҳам, ҳақни рўёбга чиқарур», деди.Alauddin Mansour: Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh oʻz soʻzlari (yaʼni, amru farmonlari) bilan haqiqatni roʻyobga chiqarur».Ва гарчи жиноятчи кимсалар истамасалар-да, Аллоҳ ўз сўзлари (яъни, амру фармонлари) билан ҳақиқатни рўёбга чиқарур».

218-sahifa · 11-juz · 22-hizb218-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيُحِقُّva roʻyobga chiqarurва рўёбга чиқарурٱللَّهُAllohАллоҳٱلْحَقَّhaqniҳақниبِكَلِمَـٰتِهِۦOʻz kalimasi ilaЎз калимаси илаوَلَوْgarchiгарчиكَرِهَyoqtirmasa hamёқтирмаса ҳамٱلْمُجْرِمُونَjinoyatchilarжиноятчилар
TafsirТафсир

Avval aytilganidek, qissaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu surada esa, siyoqiga mos ravishda baʼzi holatlar bayon qilinmoqda.

Sehrgarlar muboraza joyiga kelishganida, hammaning oldida Muso alayhissalom ularga:

«Tashlamoqchi boʻlgan narsangizni tashlang», dedi».

Sehrgarlar oʻsha narsalarini tashladilar. U narsalarni koʻrgan Muso alayhissalom haqiqatni angladilar va:

«Siz keltirgan narsa sehrdir», dedilar.

Chunki, Alloh tomonidan berilgan moʻʼjizaga sohib boʻlgan Paygʻambar sehrni osonlikcha bilishi ajablanarlik emas. U kishi Allohga iymon ila qalbi toʻla, oʻz ishining haqligiga, boshqalarning ishi botilligiga ishonchi komil zotdirlar. Shuning uchun ham, hech ikkilanmasdan:

«Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamas», dedilar.

Ilohiy haqiqatni tushunib yetgan inson doimo shunday mavqeda turadi. Haq tarafida oʻzi yolgʻiz boʻlib, botil butun dunyoni toʻldirsa ham, oʻz ishining gʻolib kelishiga, buzgʻunchilarning ishi botil boʻlishiga zarracha shubha qilmaydi.

Muso alayhissalom soʻzlari davomida:

«Alloh Oʻz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni roʻyobga chiqarur», dedi».

Darhaqiqat, shunday boʻldi ham. Allohning «Boʻl!» degan kalimasi ila har narsa boʻlishi turgan gap. Sehrgarlarning sehri botil boʻldi. Alloh haqni roʻyobga chiqardi. Ammo: