فَقَالُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohgagina tavakkal qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qo`yma.Улар: «Аллоҳгагина таваккал қилдик. Роббимиз, бизни золим қавмларга фитна қилиб қўйма.Alauddin Mansour: Bas, ular aytdilar: «Allohning Oʻziga tavakkul qildik. Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftun — aldanuvchi qilib qoʻyma.Бас, улар айтдилар: «Аллоҳнинг Ўзига таваккул қилдик. Парвардигоро, бизларни бу золим қавмга мафтун — алданувчи қилиб қўйма.
Muso alayhissalomga iymon keltirgan moʻmin-musulmonlar faqat Allohgagina suyanishlarini ochiq-oydin eʼlon qildilar. Shuning uchun ham, Allohga iltijo etmoqdalar:
«Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qoʻyma».
Arabchada «fitna» soʻzi sinov maʼnosini anglatadi. Jumladan, temirni oʻtga solib sinab koʻrishni ham fitna deyishadi. Shuningdek, fitna soʻzi «aldov» va «adashuv» maʼnosini ham anglatadi. Ushbu oyatda esa, moʻminlar Allohdan zolim qavmlarni ular ustidan gʻolib qilib qoʻymaslikni soʻrashmoqda. Chunki, bu ish fitnaga sabab boʻlishi mumkin. Moʻminlar, ularning ishlari toʻgʻri ekan-da, boʻlmasa nima uchun bizga gʻolib kelishadi, degan xayolga borishlari mumkin. Bu esa, katta fitnadir. Aslida, Alloh kofirlarni bildirmay olish uchun avval ularga zohiran gʻalaba berib turishi ham mumkin. Ammo bu moʻminlar guruhi shuni ham xohlamayaptilar. Keyingi jumladan ularning niyatlari yana ham ravshan bilinadi:
«Va Oʻz rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin».
Keyingi oyatda Alloh taolo ularga bunday sharoitda nima qilish lozimligini oʻrgatganining xabari beriladi: