QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят86

وَنَجِّنَا بِرَحْمَتِكَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va O`z rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin», dedilar.Ва Ўз раҳматинг ила бизга кофир қавмлардан нажот бергин», дедилар.Alauddin Mansour: Va Oʻzing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar».Ва Ўзинг раҳм айлаб бизларни бу кофир қавмдан қутқар».

218-sahifa · 11-juz · 22-hizb218-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنَجِّنَاva bizga najot berginва бизга нажот бергинبِرَحْمَتِكَOʻz rahmating ilaЎз раҳматинг илаمِنَ-dan-данٱلْقَوْمِqavmlarқавмларٱلْكَـٰفِرِينَkofirкофир
TafsirТафсир

Muso alayhissalomga iymon keltirgan moʻmin-musulmonlar faqat Allohgagina suyanishlarini ochiq-oydin eʼlon qildilar. Shuning uchun ham, Allohga iltijo etmoqdalar:

«Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qoʻyma».

Arabchada «fitna» soʻzi sinov maʼnosini anglatadi. Jumladan, temirni oʻtga solib sinab koʻrishni ham fitna deyishadi. Shuningdek, fitna soʻzi «aldov» va «adashuv» maʼnosini ham anglatadi. Ushbu oyatda esa, moʻminlar Allohdan zolim qavmlarni ular ustidan gʻolib qilib qoʻymaslikni soʻrashmoqda. Chunki, bu ish fitnaga sabab boʻlishi mumkin. Moʻminlar, ularning ishlari toʻgʻri ekan-da, boʻlmasa nima uchun bizga gʻolib kelishadi, degan xayolga borishlari mumkin. Bu esa, katta fitnadir. Aslida, Alloh kofirlarni bildirmay olish uchun avval ularga zohiran gʻalaba berib turishi ham mumkin. Ammo bu moʻminlar guruhi shuni ham xohlamayaptilar. Keyingi jumladan ularning niyatlari yana ham ravshan bilinadi:

«Va Oʻz rahmating ila bizga kofir qavmlardan najot bergin».

Keyingi oyatda Alloh taolo ularga bunday sharoitda nima qilish lozimligini oʻrgatganining xabari beriladi: