QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят87

وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰ وَأَخِيهِ أَن تَبَوَّءَا لِقَوْمِكُمَا بِمِصْرَ بُيُوتًا وَٱجْعَلُوا۟ بُيُوتَكُمْ قِبْلَةً وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Musoga va uning birodariga: «Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang, uylaringizni qibla qilib, namozni to`kis ado etinglar va mo`minlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik.Биз Мусога ва унинг биродарига: «Икковингиз қавмингиз учун Мисрда уйлар тайёрланг, уйларингизни қибла қилиб, намозни тўкис адо этинглар ва мўминларга хушхабар бер», деб ваҳий юбордик.Alauddin Mansour: Biz Muso va uning birodariga: «Qavmlaringiz uchun Misrda uylar tayyorlanglar va bu uylaringizni qibla-namozgoh qilib (u uylarda) namozni toʻkis ado qilinglar. (Ey Muso), iymon keltirgan zotlarga (tez orada gʻalaba qilishlari haqida) xushxabar bering», deb vahiy yubordik.Биз Мусо ва унинг биродарига: «Қавмларингиз учун Мисрда уйлар тайёрланглар ва бу уйларингизни қибла-намозгоҳ қилиб (у уйларда) намозни тўкис адо қилинглар. (Эй Мусо), иймон келтирган зотларга (тез орада ғалаба қилишлари ҳақида) хушхабар беринг», деб ваҳий юбордик.

218-sahifa · 11-juz · 22-hizb218-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَوْحَيْنَآva vahiy yubordikва ваҳий юбордикإِلَىٰ-ga-гаمُوسَىٰMusoМусоوَأَخِيهِva uning birodarigaва унинг биродаригаأَن-ki-киتَبَوَّءَاikkovingiz tayyorlangикковингиз тайёрлангلِقَوْمِكُمَاqavmingiz uchunқавмингиз учунبِمِصْرَMisrdaМисрдаبُيُوتًۭاuylarуйларوَٱجْعَلُوا۟va qilinglarва қилингларبُيُوتَكُمْuylaringizniуйларингизниقِبْلَةًۭqiblaқиблаوَأَقِيمُوا۟va toʻkis ado etinglarва тўкис адо этингларٱلصَّلَوٰةَ ۗnamozniнамозниوَبَشِّرِva xushxabar berва хушхабар берٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларга
TafsirТафсир

Moʻminlar oz sonli, kuchsiz. Kofirlar esa, koʻp, quvvatli. Hukm, saltanat ularning qoʻlida. Koʻp sonli askarlari bor. Nima qilish kerak? Alloh taolo moʻminlar jamoasi rahbarlari boʻlmish Muso va Horun alayhissalomlarga nima qilish kerakligini oʻrgatib, vahiy yoʻlladi:

«Ikkovingiz qavmingiz uchun Misrda uylar tayyorlang», deb amr etdi.

Demak, iymon keltirganlar kofir va munofiqlarning fitnasidan qoʻrqsalar, oʻzlarini ulardan uzoqroq tutishga harakat qilishlari lozim.

Alloh taolo koʻrsatmalari davomida:

«Uylaringizni qibla qilib, namozni toʻkis ado etinglar», demoqda.

Ulamolarimiz bu oyati karimadagi «qibla»ni «ibodat joyi» deb taʼviyl qilganlar. Demak, moʻminlar uchun tayyorlangan oʻsha joylarda ibodat, namoz oʻqish ila koʻproq mashgʻul boʻlish kerak. Bu narsa ruhiy va maʼnaviy tayyorgarlikning oliy bosqichidir. Chunki, oldinda koʻp mashaqqatli ishlar turibdi. Uzoq va toʻsiqlarga toʻla yoʻl turibdi. Hozirdan ruhiy va maʼnaviy tayyorgarlikni puxta qilib borish kerak. Busiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Alloh taolo boshqa bir oyatda: «Ey, iymon keltirganlar, sabr va namoz ila yordam talabida boʻlinglar», degan. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham bir ishdan tashvishga tushsalar, namoz oʻqishga shoshilganlar. Ana shu koʻrsatmalarga amal qilib boraverilsa, inshoalloh, zafar yor boʻladi. Shu bois ham:

«Moʻminlarga xushxabar ber», deb vahiy yubordik».

Shunda Muso alayhissalom Allohga quyidagi iltijo bilan murojaat etdilar: