QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят88

وَقَالَ مُوسَىٰ رَبَّنَآ إِنَّكَ ءَاتَيْتَ فِرْعَوْنَ وَمَلَأَهُۥ زِينَةً وَأَمْوَٰلًا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا رَبَّنَا لِيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِكَ ۖ رَبَّنَا ٱطْمِسْ عَلَىٰٓ أَمْوَٰلِهِمْ وَٱشْدُدْ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُوا۟ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso: «Ey Robbimiz, Sen Fir'avnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yo`lingdan adashtirishlari uchundir. Robbimiz, ularning mollarini yo`q qilgin va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymonga kelmasinlar», dedi.Мусо: «Эй Роббимиз, Сен Фиръавнга ва унинг амалдорларига зебу зийнат ва молу дунё бердинг. Роббимиз, бу Сенинг йўлингдан адаштиришлари учундир. Роббимиз, уларнинг молларини йўқ қилгин ва қалбларини қаттиқ қилгин, то аламли азобни кўрмагунларича иймонга келмасинлар», деди.Alauddin Mansour: Muso dedi: «Parvardigoro, darhaqiqat, Sen Firʼavn va uning odamlariga hayoti dunyoda zeb-ziynat va mol-dunyo ato etding. Parvardigoro, ular (mana shu mol-davlatlari bilan odamlarni) Sening yoʻlingdan ozdirishlari uchun shunday qilding. Parvardigoro, ularning mol-dunyolarini yoʻq qilgin, koʻngillarini qattiq qilgin, toki alamli azobni koʻrmagunlaricha, iymon keltirmasinlar.Мусо деди: «Парвардигоро, дарҳақиқат, Сен Фиръавн ва унинг одамларига ҳаёти дунёда зеб-зийнат ва мол-дунё ато этдинг. Парвардигоро, улар (мана шу мол-давлатлари билан одамларни) Сенинг йўлингдан оздиришлари учун шундай қилдинг. Парвардигоро, уларнинг мол-дунёларини йўқ қилгин, кўнгилларини қаттиқ қилгин, токи аламли азобни кўрмагунларича, иймон келтирмасинлар.

218-sahifa · 11-juz · 22-hizb218-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиمُوسَىٰMusoМусоرَبَّنَآey Robbimizэй Роббимизإِنَّكَalbatta, Senалбатта, СенءَاتَيْتَberdingбердингفِرْعَوْنَFirʼavngaФиръавнгаوَمَلَأَهُۥva uning amaldorlarigaва унинг амалдорларигаزِينَةًۭzebu ziynatзебу зийнатوَأَمْوَٰلًۭاva molu dunyoва молу дунёفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotҳаётٱلدُّنْيَاdunyoдунёرَبَّنَاRobbimizРоббимизلِيُضِلُّوا۟adashtirishlari uchunадаштиришлари учунعَن-dan-данسَبِيلِكَ ۖSening yoʻlingСенинг йўлингرَبَّنَاRobbimizРоббимизٱطْمِسْyoʻq qilginйўқ қилгинعَلَىٰٓustidanустиданأَمْوَٰلِهِمْularning mollariniуларнинг моллариниوَٱشْدُدْva qattiq qilginва қаттиқ қилгинعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْqalblariniқалблариниفَلَاbas, emasбас, эмасيُؤْمِنُوا۟iymonga kelsinlarиймонга келсинларحَتَّىٰtoтоيَرَوُا۟koʻrmagunlarichaкўрмагунларичаٱلْعَذَابَazobniазобниٱلْأَلِيمَalamliаламли
TafsirТафсир

Muso alayhissalom Firʼavn, uning amaldorlari va qavmini toʻgʻri yoʻlga chaqirib qattiq urindilar. Turli tomondan harakat qilib koʻrdilar. Ammo biron foyda chiqmadi. Ulardan umidlari tamoman uzilgandan keyin duoibad qilishga majbur boʻldilar. Duo qilganlarida ham ular kishilarni dindan qaytarish uchun qurol qilib olgan eng kuchli omillarining ziddiga duo qildilar:

«Ey Robbimiz, Sen Firʼavnga va uning amaldorlariga zebu ziynat va molu dunyo berding. Robbimiz, bu Sening yoʻlingdan adashtirishlari uchundir».

Kofir va buzgʻunchilardagi zebu ziynat va molu dunyo doimo iymon va Islom uchun koni zarar boʻladi. Chunki ularning bu holini koʻrgan baʼzi moʻminlar nafsiga gʻulgʻula tushishi, hatto yoʻldan ozishlari ham mumkin. Qolaversa, kofir va buzgʻunchilar oʻzlariga berilgan molu dunyodan kishilarni din yoʻlidan toʻsish yoki ularni dindan chiqarishda foydalanishlari turgan gap. Shuning uchun ham, Muso alayhissalom Allohga iltijo qilib:

«Robbimiz, ularning mollarini yoʻq qilgin», demoqdalar.

Toki ular oʻzlarining buzgʻunchi niyatlarini roʻyobga chiqarish vositasidan mahrum boʻlsinlar.

Muso alayhissalomning kofir va buzgʻunchilarga qarshi qilgan duolarining eng shiddatli joyi quyidagi jumlada aksini topgan:

«...va qalblarini qattiq qilgin, to alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmasinlar».

Muso alayhissalom ulardan butunlay umidlari uzilganidan keyingina shunday deganlar. Bunday odamlar gunoh, jabr va zulm qilganlari sari yana ham ashaddiylashib boraveradilar. Shu holda umrlari oʻtadi, faqat alamli azobga roʻbaroʻ qilinganlaridagina iymonga keladilar. Ammo kech boʻladi. U vaqtda iymon hisobga oʻtmaydi.

Ulamolarimiz shunga oʻxshash holatlarni tushuntirish uchun baʼzan latifalar ham keltiradilar:

Bir kishi birodariga oʻsha zamondagi podshohning holidan ajablanib: «Bu podshoh shuncha zulm, jabr-sitam va shakkoklik qilsa ham, unga hech narsa boʻlmaydi-ya?» debdi. Sherigi bunga javoban: «Alloh unga jahannamda tayyorlab qoʻygan azoblarga loyiq holga yetmagan boʻlsa kerak-da», degan ekan.

Lekin moʻminlar tushkunlikka tushmasinlar, umidsizlanmasinlar. Ixloslari yetarli boʻlsa, Alloh ularni hech tashlab qoʻymaydi. Mana, Alloh Muso alayhissalomning duolarini ham qabul qilganining xabarini bermoqda: