قَالَ قَدْ أُجِيبَت دَّعْوَتُكُمَا فَٱسْتَقِيمَا وَلَا تَتَّبِعَآنِّ سَبِيلَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul bo`ldi. Bas, sobit turinglar va bilmaydiganlarning yo`liga ergashmanglar», dedi.У: «Батаҳқиқ, икковингизнинг дуоингиз қабул бўлди. Бас, собит туринглар ва билмайдиганларнинг йўлига эргашманглар», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «Duolaringiz ijobat boʻldi. Endi Toʻgʻri Yoʻlda sobit boʻlinglar va hatto hargiz bilmaydigan kimsalarning yoʻliga ergashmanglar!»(Аллоҳ) деди: «Дуоларингиз ижобат бўлди. Энди Тўғри Йўлда собит бўлинглар ва ҳатто ҳаргиз билмайдиган кимсаларнинг йўлига эргашманглар!»
Yaʼni, Alloh aytmoqdaki, ey Muso va Horun,
«Batahqiq, ikkovingizning duoingiz qabul boʻldi».
Men iroda etdim. Sizning soʻraganingiz boʻladi. Firʼavn va uning qavmi halok boʻladi. Ammo bu yuzaga chiqquncha, sizlar oʻz yoʻlingizda
«...sobit turinglar va bilmaydiganlarning yoʻliga ergashmanglar».
Odatda, qiyin holga tushib qolgan kishilarga har kim oʻzicha yoʻl koʻrsataveradi. Ularning hammasi taxminni gapiradi. Moʻminlar esa, ularga eʼtibor bermasdan, Allohning koʻrsatganidan qolmasliklari kerak.
Endi, orada boʻlib oʻtgan hodisalar bayoni toʻxtab, oʻsha duoning ijobat boʻlishi sahnasi koʻrsatiladi: