۞ وَجَـٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ وَجُنُودُهُۥ بَغْيًا وَعَدْوًا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَدْرَكَهُ ٱلْغَرَقُ قَالَ ءَامَنتُ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا ٱلَّذِىٓ ءَامَنَتْ بِهِۦ بَنُوٓا۟ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَنَا۠ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Bani Isroilni dengizdan o`tkazdik. Bas, Fir'avn va uning askarlari haddan oshgan va tug`yon qilgan holda ularni ta'qib etdilar. Toki unga g`arq bo`lish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan o`zga Iloh yo`qligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi.Ва Бани Исроилни денгиздан ўтказдик. Бас, Фиръавн ва унинг аскарлари ҳаддан ошган ва туғён қилган ҳолда уларни таъқиб этдилар. Токи унга ғарқ бўлиш етганида: «Бани Исроил иймон келтирган Зотдан ўзга Илоҳ йўқлигига иймон келтирдим ва мен мусулмонларданман», деди.Alauddin Mansour: Biz Bani Isroilni dengizdan oʻtkazganimizdan keyin ularga zulmu zoʻravonlik qilish uchun Firʼavn va uning lashkari quvib yetdi. Endi unga (Firʼavnga dengizda) gʻarq boʻlish (payti) yetganida esa, u dedi: «Hech qanday iloh yoʻq, magar Bani Isroil iymon keltirgan Zot — Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men musulmonlardandirman — Allohga boʻyinsunuvchilardandirman».Биз Бани Исроилни денгиздан ўтказганимиздан кейин уларга зулму зўравонлик қилиш учун Фиръавн ва унинг лашкари қувиб етди. Энди унга (Фиръавнга денгизда) ғарқ бўлиш (пайти) етганида эса, у деди: «Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Бани Исроил иймон келтирган Зот — Аллоҳгина борлигига иймон келтирдим. Мен мусулмонлардандирман — Аллоҳга бўйинсунувчилардандирман».
Muso va Horun alayhissalomlar Allohning amri ila qavmlarini zulm va istibdoddan ozod qilish uchun Misrni tashlab chiqdilar. Orqalaridan Firʼavn askarlari bilan quvib kela boshladi. Yoʻldan dengiz chiqib qoldi. Hamma, endi qoʻlga tushdik, deb oʻyladi. Ammo Muso alayhissalom, Alloh yordam beradi, dedilar. Alloh u zotga, qoʻlingdagi aso bilan dengizni ur, deb amr etdi. Urgan edilar, dengiz ikkiga yorilib, yoʻl ochildi. Muso va Horun alayhimassalom boshliq qavm narigi tomonga oʻtib oldilar. Bu haqida oyatda:
«Va Bani Isroilni dengizdan oʻtkazdik», deyilmoqda.
Ha, Alloh taolo oʻtkazmaganida, hech ham oʻta olmas edilar.
«Bas, Firʼavn va uning askarlari haddan oshgan va tugʻyon qilgan holda ularni taʼqib etdilar.»
Ular moʻminlarni iymonlaridan qaytarmoqchi va oʻzlariga qul qilib olmoqchi edilar. Ular Bani Isroilning izidan quvib boraverdilar. Firʼavn va uning qavmi hammalari dengiz ichiga tushib boʻlganlarida, Allohning amri ila ajrab turgan suv yana Allohning amri ila avvalgi holiga qaytdi. Zolimlarni gʻarq qildi. Kofirlarning boshligʻi Firʼavn esa:
«Toki unga gʻarq boʻlish yetganida: «Bani Isroil iymon keltirgan Zotdan oʻzga Iloh yoʻqligiga iymon keltirdim va men musulmonlardanman», dedi».
Endi uning hech iloji qolmagan edi. Mulkidan ajragan edi. Hukmidan ajragan edi. Amaldorlaridan va askarlaridan ajragan edi. Oʻlimi muqarrarligiga aqli yetganida koʻzi ochildi. Iymonga keldi. Ammo bu foyda bermaydi. Unga va unga oʻxshashlarga bunday paytda quyidagilar aytiladi: