ءَآلْـَٔـٰنَ وَقَدْ عَصَيْتَ قَبْلُ وَكُنتَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Endimi! Oldin isyon qilgan va buzg`unchilardan bo`lgan eding-ku?!Эндими! Олдин исён қилган ва бузғунчилардан бўлган эдинг-ку?!Alauddin Mansour: Endi-mi?! Axir sen ilgari (yaʼni, shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzgʻunchi kimsalardan boʻlgan eding-ku!Энди-ми?! Ахир сен илгари (яъни, шу пайтгача) итоатсизлик қилган ва бузғунчи кимсалардан бўлган эдинг-ку!
Sogʻlik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham oʻlimiga koʻzi yetib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yoʻq. Bu haqiqat oʻsha toifadagi kishilarga ularning eng koʻzga koʻringan vakili Firʼavn misolida tushuntirilmoqda.
«Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgʻunchilardan boʻlgan eding- ku?» deb avvalgi qilganlari yuziga solinmoqda.
«Bugun sening badaningni qutqaramiz.»
Joningni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi oʻlasan. Chunki, sen ham oddiy ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham yemaydi. Suvga oqib ham yoʻq boʻlmaydi. Boshqa sabab bilan ham yoʻq boʻlib ketmaydi.
«Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin.»
Shunchalar mulkka ega boʻlsang ham, qancha katta daʼvolar qilgan boʻlsang ham, askarlaring shuncha koʻp boʻlsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni koʻrib ibrat olsinlar. Oʻlik holdagi jonsiz jasading suv ustida chorasiz qalqib, oqib yurganini hamma koʻrsin. Hamma koʻrib, holing shu ekan-ku, desin.
«Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar.»
Shuning uchun ham, Bizning aytganimizda yurmay, oʻzlarini turli yoʻllarga uradilar.
Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha, Firʼavn va uning askarlarini Alloh taolo halok qilib, Muso alayhissalom va moʻminlarni qutqargan kun «Oshuro» kuni–muharram oyining oʻninchi kuni ekan.
Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Madiynaga yangi kelgan vaqtlarida yahudiylar Oshuro kunining roʻzasini tutar edilar. Ul zot ulardan:
«Bu, roʻzasini tutayotgan kuningiz qanday kun?» deb soʻradilar. Ular:
«Bu kun Muso Firʼavndan ustun kelgan kun», deyishdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarga:
«Sizlar ulardan koʻra Musoga haqliroqsizlar, oʻsha kunning roʻzasini tutinglar», dedilar».
Kelasi oyatda Bani Isroilning najotdan keyingi holati bayon qilinadi.