QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят92

فَٱلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ لِتَكُونَ لِمَنْ خَلْفَكَ ءَايَةً ۚ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ عَنْ ءَايَـٰتِنَا لَغَـٰفِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o`zingdan keyingilarga ibrat bo`lgin. Albatta, ko`p odamlar Bizning oyatlarimizdan g`ofildirlar.Бугун сенинг баданингни қутқарамиз. Токи ўзингдан кейингиларга ибрат бўлгин. Албатта, кўп одамлар Бизнинг оятларимиздан ғофилдирлар.Alauddin Mansour: Mana bugun oʻzingdan keyingi kishilarga oyat — ibrat boʻlishing uchun sening jasadingni qutqarurmiz. Darhaqiqat, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar (yaʼni, ulardan ibrat olmaydilar).Мана бугун ўзингдан кейинги кишиларга оят — ибрат бўлишинг учун сенинг жасадингни қутқарурмиз. Дарҳақиқат, кўп одамлар Бизнинг оятларимиздан ғофилдирлар (яъни, улардан ибрат олмайдилар).

219-sahifa · 11-juz · 22-hizb219-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱلْيَوْمَbas, bugunбас, бугунنُنَجِّيكَseni qutqaramizсени қутқарамизبِبَدَنِكَbadaningniбаданингниلِتَكُونَtoki boʻlginтоки бўлгинلِمَنْkimlargakiкимларгакиخَلْفَكَoʻzingdan keyingilarўзингдан кейингиларءَايَةًۭ ۚibrat (belgi)ибрат (белги)وَإِنَّva albattaва албаттаكَثِيرًۭاkoʻpкўпمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِodamlarодамларعَنْ-dan-данءَايَـٰتِنَاoyatlarimizоятларимизلَغَـٰفِلُونَgʻofildirlarғофилдирлар
TafsirТафсир

Sogʻlik-salomatlik, kuch-quvvat, molu mulk, hukm, mansab va boshqa imkoniyatlar borida qilarini qilib yurgan har qanday odam ham oʻlimiga koʻzi yetib qolganida Xudoni eslaydi. Lekin buning foydasi yoʻq. Bu haqiqat oʻsha toifadagi kishilarga ularning eng koʻzga koʻringan vakili Firʼavn misolida tushuntirilmoqda.

«Endimi! Oldin isyon qilgan va buzgʻunchilardan boʻlgan eding- ku?» deb avvalgi qilganlari yuziga solinmoqda.

«Bugun sening badaningni qutqaramiz.»

Joningni emas. Joningni olamiz. Boshqalar kabi oʻlasan. Chunki, sen ham oddiy ojiz bandasan. Ammo jasadingni qutqaramiz. Baliqlar ham yemaydi. Suvga oqib ham yoʻq boʻlmaydi. Boshqa sabab bilan ham yoʻq boʻlib ketmaydi.

«Toki oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlgin.»

Shunchalar mulkka ega boʻlsang ham, qancha katta daʼvolar qilgan boʻlsang ham, askarlaring shuncha koʻp boʻlsa ham, baribir Allohning azobidan qutula olmaganingni koʻrib ibrat olsinlar. Oʻlik holdagi jonsiz jasading suv ustida chorasiz qalqib, oqib yurganini hamma koʻrsin. Hamma koʻrib, holing shu ekan-ku, desin.

«Albatta, koʻp odamlar Bizning oyatlarimizdan gʻofildirlar.»

Shuning uchun ham, Bizning aytganimizda yurmay, oʻzlarini turli yoʻllarga uradilar.

Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha, Firʼavn va uning askarlarini Alloh taolo halok qilib, Muso alayhissalom va moʻminlarni qutqargan kun «Oshuro» kuni–muharram oyining oʻninchi kuni ekan.

Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Madiynaga yangi kelgan vaqtlarida yahudiylar Oshuro kunining roʻzasini tutar edilar. Ul zot ulardan:

«Bu, roʻzasini tutayotgan kuningiz qanday kun?» deb soʻradilar. Ular:

«Bu kun Muso Firʼavndan ustun kelgan kun», deyishdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarga:

«Sizlar ulardan koʻra Musoga haqliroqsizlar, oʻsha kunning roʻzasini tutinglar», dedilar».

Kelasi oyatda Bani Isroilning najotdan keyingi holati bayon qilinadi.