QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят93

وَلَقَدْ بَوَّأْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مُبَوَّأَ صِدْقٍ وَرَزَقْنَـٰهُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ فَمَا ٱخْتَلَفُوا۟ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْعِلْمُ ۚ إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik. Bas, ular to o`zlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida O`zi hukm chiqarur.Батаҳқиқ, Биз Бани Исроилни ҳақиқий омонлик масканига жойлаштирдик ва уларни пок нарсалар ила ризқлантирдик. Бас, улар то ўзларига илм келмагунча ихтилоф қилмадилар. Албатта, Роббинг қиёмат куни улар орасида ихтилоф қилган нарсалари ҳақида Ўзи ҳукм чиқарур.Alauddin Mansour: Shubhasiz, Biz Bani Isroilni goʻzal manzilga joylashtirdik va ularga halol-pok narsalardan rizqu roʻz berdik. Soʻng ular to bilim (yaʼni, Tavrot) kelgunicha ixtilof qilmadilar. Albatta, Parvardigoringiz Qiyomat Kunida talashib-tortishgan narsalari haqida ularning oʻrtasida Oʻzi hakamlik qilur.Шубҳасиз, Биз Бани Исроилни гўзал манзилга жойлаштирдик ва уларга ҳалол-пок нарсалардан ризқу рўз бердик. Сўнг улар то билим (яъни, Таврот) келгунича ихтилоф қилмадилар. Албатта, Парвардигорингиз Қиёмат Кунида талашиб-тортишган нарсалари ҳақида уларнинг ўртасида Ўзи ҳакамлик қилур.

219-sahifa · 11-juz · 22-hizb219-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқبَوَّأْنَاBiz joylashtirdikБиз жойлаштирдикبَنِىٓfarzandlariniфарзандлариниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilИсроилمُبَوَّأَmaskanigaмасканигаصِدْقٍۢhaqiqiy omonlikҳақиқий омонликوَرَزَقْنَـٰهُمva ularni rizqlantirdikва уларни ризқлантирдикمِّنَ-dan-данٱلطَّيِّبَـٰتِpok narsalarпок нарсаларفَمَاbas, emasбас, эмасٱخْتَلَفُوا۟ixtilof qildilarихтилоф қилдиларحَتَّىٰtoтоجَآءَهُمُularga kelgunchaуларга келгунчаٱلْعِلْمُ ۚilmилмإِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингيَقْضِىhukm chiqaradirҳукм чиқарадирبَيْنَهُمْular orasidaулар орасидаيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматفِيمَاnarsalari haqidaнарсалари ҳақидаكَانُوا۟ular edilarулар эдиларفِيهِundaундаيَخْتَلِفُونَixtilof qilarихтилоф қилар
TafsirТафсир

Firʼavn va uning askarlaridan Bani Isroilni qutqargan Alloh endi ularni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdi. Uzoq davom etgan zulm-sitam va qiyinchiliklardan soʻng ular rohat-farogʻat, tinchlik-omonlikka erishdilar.

Yana, Alloh taolo ularni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirish barobarida, pok rizqlar bilan rizqlantirdi ham.

«Batahqiq, Biz Bani Isroilni haqiqiy omonlik maskaniga joylashtirdik va ularni pok narsalar ila rizqlantirdik.»

Bani Isroil bu maskanda bir muddat yaxshi yashab turdi.

«Bas, ular to oʻzlariga ilm kelmaguncha ixtilof qilmadilar».

Ilm kelganidan soʻng esa, turli fikrlar, taʼviyllar qilib, ham dunyo, ham dinda ixtilofni boshladilar.

«Albatta, Robbing qiyomat kuni ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida Oʻzi hukm chiqarur.»

Nuh va Muso alayhissalomlarning qissalariga xotima yasalgach, endi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli berilib, u kishini ishlarida sobit turishga, qavmdan kelayotgan sarkashliklarga eʼtibor bermaslikka chaqiriladi: