فَإِن كُنتَ فِى شَكٍّ مِّمَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ فَسْـَٔلِ ٱلَّذِينَ يَقْرَءُونَ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلِكَ ۚ لَقَدْ جَآءَكَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda bo`lsang, sendan oldin kitobni o`qiganlardan so`ra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan bo`lma.Агар сенга нозил қилган нарсамиздан шакда бўлсанг, сендан олдин китобни ўқиганлардан сўра. Батаҳқиқ, сенга Роббингдан ҳақ келди. Бас, ҳеч шубҳа қилгувчилардан бўлма.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar Biz sizga nozil etgan narsadan (yaʼni, ilgari oʻtgan qavmlar haqida nozil qilgan oyatlarimizdan) shubhada boʻlsangiz, u holda oʻzingizdan avvalgi Kitob (yaʼni, Tavrot yoki Injilni) oʻqiydigan kishilardan soʻrang! Aniqki, sizga Parvardigoringiz tomonidan Haq — Qurʼon keldi. Bas, hargiz shubha qilguvchilardan boʻlmang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар Биз сизга нозил этган нарсадан (яъни, илгари ўтган қавмлар ҳақида нозил қилган оятларимиздан) шубҳада бўлсангиз, у ҳолда ўзингиздан аввалги Китоб (яъни, Таврот ёки Инжилни) ўқийдиган кишилардан сўранг! Аниқки, сизга Парвардигорингиз томонидан Ҳақ — Қуръон келди. Бас, ҳаргиз шубҳа қилгувчилардан бўлманг!
Maʼlumki, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir lahza ham Qurʼoni Karimning haq ekanligiga shubha qilmaganlar. Ammo bu oyati karimada:
«Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda boʻlsang, sendan oldin kitobni oʻqiganlardan soʻra», deyilmoqda.
Yaʼni, sendan oldin ham Qurʼonga oʻxshash ilohiy kitoblar nozil qilganmiz. Ana shularning davomchilari hozir ham bor, ana oʻshalardan soʻra, demoqda. Xoʻsh, nima uchun bunday demoqda? Bu yerda gap Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning shaxslariga tegishli emas, balki ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan vaqt shu siyoqdagi bayonni taqozo qilar edi. Uzoq vaqt Makkada Islom daʼvati rivoj topmay turib qoldi. Xadicha onamiz va Abu Tolibning vafotlaridan soʻng kofirlarning ozorlari yana ham kuchaydi. Isro hodisasi boʻlib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bir kechada Makkai Mukarramadan Baytul Maqdisga borib, u yerdan osmonga chiqib–meʼroj qilib qaytganlaridan soʻng, baʼzi kishilar bu hodisaga ishonmay, Islomni tark etdilar. Ana shunday nozik bir paytda iymonlarini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash zarurligidan Alloh ushbu oyatni nozil qildi. Oyatning davomida:
«Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan boʻlma», deyilmoqda.
Yaʼni, senga Robbingdan kelgan Qurʼon haqdir. Hech-hech shak- shubhaga bora koʻrma. Keyingi oyat shu maʼnoni yana ham qattiqroq taʼkidlaydi.