Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَٱلْعَـٰدِيَـٰتِ ضَبْحًا ﴿١﴾
Harsillab chopuvchi otlar bilan qasam.
فَٱلْمُورِيَـٰتِ قَدْحًا ﴿٢﴾
O't chaqnatib chopuvchi otlar bilan qasam.
فَٱلْمُغِيرَٰتِ صُبْحًا ﴿٣﴾
Tong chog'ida g'orat qiluvchi otlar bilan qasam.
فَأَثَرْنَ بِهِۦ نَقْعًا ﴿٤﴾
O'sha ila chang qo'zg'atdilar.
فَوَسَطْنَ بِهِۦ جَمْعًا ﴿٥﴾
Va u ila jamoa o'rtasiga (yorib) kirdilar.
إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لِرَبِّهِۦ لَكَنُودٌ ﴿٦﴾
Albatta, inson o'z Robbiga noshukrdir.
وَإِنَّهُۥ عَلَىٰ ذَٰلِكَ لَشَهِيدٌ ﴿٧﴾
Va albatta, u ana shunga o'zi guvohdir.
وَإِنَّهُۥ لِحُبِّ ٱلْخَيْرِ لَشَدِيدٌ ﴿٨﴾
Albatta, u mol-dunyoga haddan tashqari o'chdir.
۞ أَفَلَا يَعْلَمُ إِذَا بُعْثِرَ مَا فِى ٱلْقُبُورِ ﴿٩﴾
U bilmasmi?! Qabrdagilar qo'zg'atilganda.
وَحُصِّلَ مَا فِى ٱلصُّدُورِ ﴿١٠﴾
Va ko'kraklaridagi oshkor bo'lganda.
إِنَّ رَبَّهُم بِهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّخَبِيرٌۢ ﴿١١﴾
O'sha kunda Robbilari ulardan xabardor ekanini?!