إِنَّ رَبَّهُم بِهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّخَبِيرٌۢ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda Robbilari ulardan xabardor ekanini?!Ўша кунда Роббилари улардан хабардор эканини?!Alauddin Mansour: Ana oʻsha Kunda shak-shubhasiz, Parvardigorlari ulardan (yaʼni, barcha xaloyiqning hayoti dunyoda qilib oʻtgan ishlaridan) ogoh-xabardor-ku!Ана ўша Кунда шак-шубҳасиз, Парвардигорлари улардан (яъни, барча халойиқнинг ҳаёти дунёда қилиб ўтган ишларидан) огоҳ-хабардор-ку!
Ha, oʻsha nobakor inson qabrdagi barcha-barcha oʻliklar qoʻzgʻatilib tiriltiriladigan, hatto koʻkraklardagi siru asrorlargacha fosh boʻladigan qiyomat kunida, ha, oʻsha kunda bandalarning Robbisi ularning kattayu kichik har bir narsasidan oʻta xabardor boʻlishini bilmasmidi?! Nima uchun nobakorlik qilmoqda, oʻzi! Uning oʻrniga, Robbisiga iymon keltirib, U zotga itoat va ibodat qilsa boʻlmasmidi?