Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
ٱلْقَارِعَةُ ﴿١﴾
Al-Qori'a.
مَا ٱلْقَارِعَةُ ﴿٢﴾
Al-Qori'a nima?
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْقَارِعَةُ ﴿٣﴾
Al-Qori'a qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?
يَوْمَ يَكُونُ ٱلنَّاسُ كَٱلْفَرَاشِ ٱلْمَبْثُوثِ ﴿٤﴾
U kunda odamlar to'zib ketgan kapalakka o'xshab qolarlar.
وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ ٱلْمَنفُوشِ ﴿٥﴾
Va tog'lar titilgan junga o'xshab qolarlar.
فَأَمَّا مَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ ﴿٦﴾
Kimning tarozusi og'ir kelsa...
فَهُوَ فِى عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ ﴿٧﴾
Bas, u rozilik hayotidadir.
وَأَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ ﴿٨﴾
Va ammo kimning tarozusi yengil kelsa...
فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٌ ﴿٩﴾
Bas, uning onasi haaviya (do'zax)dir.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا هِيَهْ ﴿١٠﴾
U (Haaviya) qandoq narsa ekanligini senga nima bildirdi?
نَارٌ حَامِيَةٌۢ ﴿١١﴾
U qattiq qizigan o'tdir.