فَأُمُّهُۥ هَاوِيَةٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uning onasi haaviya (do`zax)dir.Бас, унинг онаси ҳаавия (дўзах)дир.Alauddin Mansour: Uning joyi «jarlik»dir!Унинг жойи «жарлик»дир!
Odatda, ona doim panoh boʻlgan. Inson eng ogʻir paytlarda onasiga intilganday, qiyomatda tarozusi yengil kelgan insonlar ham jovdirib onasini qoʻmsaganda, jahannam ularni ona oʻrnida kutib olarkan. Mehr-muhabbat, shafqat izlab turganda, azoblar koniga, qiynoqqa, dahshatli olovda yonishga duch kelishi nihoyatda katta baxtsizlik.
Ibn Jarir Ashʼas ibn Abdullohdan qilgan rivoyatda aytiladi: «Vafot etgan moʻminning ruhi moʻminlarning ruhlariga qoʻshilar ekan. Shunda ular yangi kelgandan, falonchi nima boʻldi, deb soʻrashganda, u, vafot etgan edi, oldilaringizga kelmadimi, deb aytar ekan. Eski ruhlar, undoq boʻlsa, «haviya» onasining oldiga ketibdi, der ekanlar».