Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
أَلْهَىٰكُمُ ٱلتَّكَاثُرُ ﴿١﴾
«Kimniki ko'p» sizni mashg'ul qildi.
حَتَّىٰ زُرْتُمُ ٱلْمَقَابِرَ ﴿٢﴾
To qabrlarni ziyorat qilguningizcha.
كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ ﴿٣﴾
Yo'q! Sizlar tezda bilasiz.
ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ ﴿٤﴾
Yana yo'q! Sizlar tezda bilasiz.
كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ ٱلْيَقِينِ ﴿٥﴾
Yo'q! Agar Siz aniq ilm ila bilganingizda edi.
لَتَرَوُنَّ ٱلْجَحِيمَ ﴿٦﴾
Albatta, jahannamni ko'rasiz.
ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ ٱلْيَقِينِ ﴿٧﴾
Va yana, albatta, uni ishonch ko'zi bilan ko'rasiz.
ثُمَّ لَتُسْـَٔلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ ٱلنَّعِيمِ ﴿٨﴾
So'ngra, o'sha kunda, albatta, berilgan ne'matlardan so'ralasiz.