Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ ﴿١﴾
Har bir obro' to'kuvchi va ayblovchiga «vayl» bo'lsin.
ٱلَّذِى جَمَعَ مَالًا وَعَدَّدَهُۥ ﴿٢﴾
U mol jamladi va uni sanab turur.
يَحْسَبُ أَنَّ مَالَهُۥٓ أَخْلَدَهُۥ ﴿٣﴾
U, albatta, moli uni abadiy qoldirur deb hisob qilur.
كَلَّا ۖ لَيُنۢبَذَنَّ فِى ٱلْحُطَمَةِ ﴿٤﴾
Yo'q! Albatta, u «hutoma»ga xor-zor etib tashlanur.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْحُطَمَةُ ﴿٥﴾
«Hutoma» qandoq narsa ekanini senga nima bildirur?
نَارُ ٱللَّهِ ٱلْمُوقَدَةُ ﴿٦﴾
U, Allohning shiddatli, o'chmas olovidir.
ٱلَّتِى تَطَّلِعُ عَلَى ٱلْأَفْـِٔدَةِ ﴿٧﴾
Qalblargacha yetib boradigandur.
إِنَّهَا عَلَيْهِم مُّؤْصَدَةٌ ﴿٨﴾
Albatta, u ularning ustidan qoplangandir.
فِى عَمَدٍ مُّمَدَّدَةٍۭ ﴿٩﴾
Uzun-uzun ustunlarga bog'langandir.