QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kawthar surasi · Oyatсураси · Оят3

إِنَّ شَانِئَكَ هُوَ ٱلْأَبْتَرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, seni yomon ko`rib ayblovchining o`zining orqasi kesik.Албатта, сени ёмон кўриб айбловчининг ўзининг орқаси кесик.Alauddin Mansour: Albatta sizni yomon koʻrguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (yaʼni, benomu-benishon boʻlib ketguvchidir)!Албатта сизни ёмон кўргувчи кимсанинг думи қирқилгандир (яъни, беному-бенишон бўлиб кетгувчидир)!

602-sahifa · 30-juz · 60-hizb602-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаشَانِئَكَseni yomon koʻrib ayblovchiсени ёмон кўриб айбловчиهُوَuуٱلْأَبْتَرُorqasi kesikdirорқаси кесикдир
TafsirТафсир

Alloh taolo vaʼdasiga vafo qiluvchidir. Darhaqiqat, dushmanlarning, kofirlarning orti kesildi. Nomu nishonlari yoʻq boʻldi, yoʻq boʻlmoqda va yoʻq boʻladi ham. Islom dushmanlarining nomlari tilga olinsa ham, laʼnat bilan olinadi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning esa, izlari kesilgani yoʻq, ishlari davom etmoqda va qiyomatgacha davom etadi. Hozir yer yuzining barcha tomonlarida bir yarim milliarddan ortiq inson u zotga ummatligidan faxrlanib yuribdi. Haqiqiy moʻmin-musulmonlar u kishini bola-chaqasidan, ota-onasidan, qarindosh-urugʻidan va hatto oʻzlaridan ham afzal koʻradilar.