QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Kafirun surasi · Oyatсураси · Оят1

قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْكَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Ey, kofirlar...Айт: «Эй, кофирлар...Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Ey kofirlar!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Эй кофирлар!

603-sahifa · 30-juz · 60-hizb603-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтيَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلْكَـٰفِرُونَkofirlarкофирлар
TafsirТафсир

Alloh taolo ushbu surada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga «Ayt!» deb xitob qilmoqda. Ul zot boʻlsalar, Alloh taolonima degan boʻlsa, shuni, hatto «ayt» deganini ham takrorlamoqdalar. Shundan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaʼnlari qanchalik ulugʻ boʻlsa ham, Qurʼoni Karimning biror harfiga ham daxllari yoʻqligi kelib chiqadi.

Alloh taolo Islomning dastlabki davrida, musulmonlar oz va zaif boʻlgan paytda, kofirlar quvvatli va kuchli, musulmonlarga zulm oʻtkazib turgan bir paytda, Oʻz Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga kofirlarga, «Ey, kofirlar!» deb murojaat qilishni amr qilmoqda. Bu tasarruf kofirlarning jahllarini chiqarishi aniq, ular yomonlik qilishi ham aniq. Binobarin, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni bu ishni qilishga amr etish ehtiyotsizlik emasmi? Yoʻq, ehtiyotsizlik emas. Balki, moʻʼjizadir. Yaʼni, ul zot Alloh taoloning himoyasida ekanliklarining, hech kim zarar yetkaza olmasligining dalilidir.

Ushbu surai karima nozil boʻlganidan soʻng, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Masjidul Haromga bordilar. Quraysh zodagonlari toʻplanib oʻtirishgan joyga borib, ularga surani qiroat qilib berdilar. Ana shundan keyin kofirlar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va sahobalarga ozor berishni yanada kuchaytirdilar.