الٓر ۚ كِتَـٰبٌ أُحْكِمَتْ ءَايَـٰتُهُۥ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, so`ngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir.Алиф. Лаам. Ро. (Ушбу) китоб оятлари маҳкам қилинган, сўнгра ҳикматли ва хабардор Зот томонидан муфассал (баён) қилингандир.Alauddin Mansour: Alif, Lom, Ro. (Ushbu Kitob) hikmat Sohibi va (hamma narsadan) xabardor Zot — Alloh tomonidan oyatlari buzilmaydigan mustahkam va mufassal qilib (nozil qilingan) bir Kitobdir.Алиф, Лом, Ро. (Ушбу Китоб) ҳикмат Соҳиби ва (ҳамма нарсадан) хабардор Зот — Аллоҳ томонидан оятлари бузилмайдиган мустаҳкам ва муфассал қилиб (нозил қилинган) бир Китобдир.
Bu surai karima ham alifbo harflarining uchtasi bilan boshlanmoqda. Boshqa suralar tafsirida bu haqda kerakligicha gapirilgani uchun takrorlab oʻtirmaymiz.
Yaʼni, ushbu zikr qilinganga oʻxshash harflardan tashkil topgan Qurʼon sizlarga keldi. Uning:
«oyatlari mahkam qilingan».
Yaʼni, tuzilishi puxta, dalolat qilishi daqiq, har bir soʻzi chuqur maʼnoli, hamma tarafi bir-biriga munosib, hech kamchiligi yoʻqdir.
«...soʻngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir.»
Nimasini batafsil bayon qilish kerak boʻlsa, oʻsha narsasi, jumladan, gʻoyalari, maqsadlari, mavzulari batafsil bayon qilingandir. Bundan maqsad: