QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят2

أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۚ إِنَّنِى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zgaga ibodat qilmasligingiz uchundir. Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman.Аллоҳдан ўзгага ибодат қилмаслигингиз учундир. Албатта, мен сизларга Ундан келган огоҳлантирувчи ва хушхабарчиман.Alauddin Mansour: Sizlar faqat Allohgagina ibodat qilishingiz uchun (nozil qilingan bir Kitobdir). (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ayting): Albatta, men esa sizlarga U zot tarafidan (yuborilgan, kofirlarni doʻzax azobidan) ogohlantirguvchi va (moʻminlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchidirman.Сизлар фақат Аллоҳгагина ибодат қилишингиз учун (нозил қилинган бир Китобдир). (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, айтинг): Албатта, мен эса сизларга У зот тарафидан (юборилган, кофирларни дўзах азобидан) огоҳлантиргувчи ва (мўминларга жаннат ҳақида) хушхабар элтгувчидирман.

221-sahifa · 11-juz · 22-hizb221-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَّاemaskiэмаскиتَعْبُدُوٓا۟ibodat qilishingiz (uchun)ибодат қилишингиз (учун)إِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)ٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّنِىalbatta, menалбатта, менلَكُمsizlargaсизларгаمِّنْهُUndan (kelgan)Ундан (келган)نَذِيرٌۭogohlantiruvchiогоҳлантирувчиوَبَشِيرٌۭva xushxabarchimanва хушхабарчиман
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha vasfga ega boʻlgan kitob va uning oyatlari quyidagi masalalarni ichiga olgandir: «Allohdan oʻzgaga ibodat qilmasligingiz uchundir»; Undan boshqaga boʻyinsunmaslik; Undan boshqaning aytganini qilmaslik; Undan boshqaga ergashmaslik; Ungagina itoat qilishlik. Yana boshqa bir masala: «Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman». Men U zot tomonidan sizlarga yuborilgan Paygʻambar boʻlib, vazifam kishilarni kufr va gunohkorlikning oqibati yomon boʻlishidan ogohlantirish, iymon va solih amallarning oqibati yaxshi boʻlishining xushxabarini berishdir. Yana quyidagilarni yetkazish ham mening vazifamdir: