وَأَنِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُم مَّتَـٰعًا حَسَنًا إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِى فَضْلٍ فَضْلَهُۥ ۖ وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingizga istig`for aytinglar, so`ngra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U zot sizlarni ma'lum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulug` kunning azobi bo`lishidan qo`rqaman.Роббингизга истиғфор айтинглар, сўнгра Унга тавба қилинглар. (Шунда) У зот сизларни маълум муддатгача яхши роҳатлар ила баҳраманд қилур ва ҳар бир фазл эгасига фазлини берур. Агар юз ўгириб кетсангиз, бас, албатта, мен сизларга улуғ куннинг азоби бўлишидан қўрқаман.Alauddin Mansour: (Alloh sizlarga amr qilurki), Parvardigoringizdan magʻfirat soʻranglar, soʻngra Uning Oʻziga tavba qilinglar, shunda (U) sizlarni maʼlum muddatgacha (ajallaringiz yetgunicha) chiroyli mato — foydalanish bilan foydalantirur va har bir yaxshilik sohibiga yaxshilik (yaʼni, ajr — mukofot) berur. Agar yuz oʻgirsangizlar, u holda Men sizlarga Ulugʻ Kun (yaʼni, Qiyomat Kuni) azobi yetishidan qoʻrqaman.(Аллоҳ сизларга амр қилурки), Парвардигорингиздан мағфират сўранглар, сўнгра Унинг Ўзига тавба қилинглар, шунда (У) сизларни маълум муддатгача (ажалларингиз етгунича) чиройли мато — фойдаланиш билан фойдалантирур ва ҳар бир яхшилик соҳибига яхшилик (яъни, ажр — мукофот) берур. Агар юз ўгирсангизлар, у ҳолда Мен сизларга Улуғ Кун (яъни, Қиёмат Куни) азоби етишидан қўрқаман.
Musulmon inson doimo Robbiga istigʻfor aytmogʻi–gunohlarini magʻfirat etishini soʻrab turmogʻi lozim. Shuningdek, u doimo gunohlariga tavba qilib, afsus chekib, ularni qayta takrorlamaslikka ahdu paymon berib yurmogʻi lozim.
«Robbingizga istigʻfor aytinglar, soʻngra, Unga tavba qilinglar.»
Agar inson shunday qilsa, oxiratda foyda boʻlishidan tashqari, bu dunyoning oʻzida ham katta manfaatlarga erishadi. Shuning uchun ham, oyati karimada istigʻfor va tavbaga amr etilganidan keyin bevosita:
«(Shunda) U zot sizlarni maʼlum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur», deyilmoqda.
Bu xususda avval kelgan oyatlar tafsirida mufassal soʻz yuritganmiz.
«Agar yuz oʻgirib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulugʻ kunning azobi boʻlishidan qoʻrqaman.»
Yaʼni, qiyomat qoim boʻlishini ham sizlarga eslatib qoʻyishim kerak. Kim bu dunyoda Paygʻambardan, unga nozil boʻlgan Kitobdan, Islomdan yuz oʻgirib ketsa, u dunyoda–qiyomat kunida azobga duchor boʻlishi muqarrarligini ham aytib qoʻyishga buyurilganman.