إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning O`ziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir Zotdir.Аллоҳнинг Ўзига қайтишингиз бор. У ҳар бир нарсага қодир Зотдир.Alauddin Mansour: Allohning Oʻziga qaytishlaringiz bor. U esa hamma narsaga qodirdir.Аллоҳнинг Ўзига қайтишларингиз бор. У эса ҳамма нарсага қодирдир.
Nima qilsangiz ham, baribir, Allohga qaytishingiz, Unga roʻbaroʻ boʻlishingiz bor. Oʻshanda U sizni soʻroq-savolga tutadi, bu dunyoda qilganingizga yarasha mukofot yoki jazo beradi. Undan va Uning jazosidan qochib qutula olmaysiz. Zotan:
«U har bir narsaga qodir Zotdir».
«Qurʼon» deya nomlanmish ushbu kitobda va uning oyatlarida mana shunga oʻxshagan masalalar mufassal bayon qilingandir. Kishilar johilliklarini qoʻyib, turli eʼtiqod va tartiblardan chekinib, ushbu kitob taʼlimotlari asosida yashamoqlari lozimdir.
Yuqoridagi oyatlarda Qurʼoni Karimning nimalarni bayon qilishi haqida gap yuritildi. Endi, oʻsha kitob kelganida baʼzi odamlar oʻzlarini qanday tutishlari haqida soʻz ketadi: