QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят5

أَلَآ إِنَّهُمْ يَثْنُونَ صُدُورَهُمْ لِيَسْتَخْفُوا۟ مِنْهُ ۚ أَلَا حِينَ يَسْتَغْشُونَ ثِيَابَهُمْ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`lingkim, albatta, ular Undan yashirinish uchun ko`ksilariga (boshlarini) egarlar. Ogoh bo`lingkim, kiyimlariga o`ralgan chog`larida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini bilar. Albatta, U — qalblardagi bor narsalarni bilguvchi Zotdir.Огоҳ бўлингким, албатта, улар Ундан яшириниш учун кўксиларига (бошларини) эгарлар. Огоҳ бўлингким, кийимларига ўралган чоғларида ҳам, У зот нимани сир тутаётганларинию нимани ошкор қилаётганларини билар. Албатта, У — қалблардаги бор нарсаларни билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ogoh boʻlingizkim, albatta ular (kofirlar) Undan sir tutish uchun dillaridagi (adovatlari)ni yashiradilar. Ogoh boʻlsinlarkim, ular kiyimlariga oʻranib olgan chogʻlarida ham (Alloh) ularning yashirgan va oshkor qilgan narsalarini bilur. Darhaqiqat, U zot dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.Огоҳ бўлингизким, албатта улар (кофирлар) Ундан сир тутиш учун дилларидаги (адоватлари)ни яширадилар. Огоҳ бўлсинларким, улар кийимларига ўраниб олган чоғларида ҳам (Аллоҳ) уларнинг яширган ва ошкор қилган нарсаларини билур. Дарҳақиқат, У зот дилларни эгаллаган сирларни билгувчидир.

221-sahifa · 11-juz · 22-hizb221-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَآogoh boʻlingkimогоҳ бўлингкимإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларيَثْنُونَegadilarэгадиларصُدُورَهُمْkoʻksilariga (boshlarini)кўксиларига (бошларини)لِيَسْتَخْفُوا۟yashirinish uchunяшириниш учунمِنْهُ ۚundanунданأَلَاogoh boʻlingkimогоҳ бўлингкимحِينَchogʻidaчоғидаيَسْتَغْشُونَoʻranadilarўранадиларثِيَابَهُمْkiyimlarigaкийимларигаيَعْلَمُbiladiбиладиمَاnimaniниманиيُسِرُّونَsir tutayotganlariniсир тутаётганлариниوَمَاva nimaniва ниманиيُعْلِنُونَ ۚoshkor qilayotganlariniошкор қилаётганлариниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уعَلِيمٌۢbilguvchi zotdirбилгувчи зотдирبِذَاتِbor narsalarniбор нарсаларниٱلصُّدُورِqalblardagiқалблардаги
TafsirТафсир

Ushbu oyatda johiliyat ahlining qiziq va kulgili holatlaridan biri haqida soʻz ketmoqda. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam kishilarga Qurʼoni Karim oyatlarini oʻqib berayotganlarida, yuqorida zikr qilingan haqiqatlarni yetkazayotganlarida, baʼzi mushriklar, men ham shu gaplarga daxldor boʻlib qolmay, degandek, koʻrinmaslikka urinib, pusib, boshini koʻksiga egib, berkinishga harakat qilar ekanlar. Oyatda ularning qilmishlari, Allohdan yashirinishga urinish, deb taʼriflanmoqda. Bu, haqiqatan, kulgili hol. Qurʼon oyatlari oʻqilayotganida, oʻziga qarshi hujjat boʻlib, falon joyda oyatlarini eshitgan eding-ku, deb qolmasliklari uchun, Allohning nazariga tushib qolmaslik uchun, boshini koʻksiga egib berkinish nihoyatda kulgili. Nahotki, Alloh oʻsha odamni koʻrmay qolsa? Yoʻq, unday emas!

«Ogoh boʻlingkim, kiyimlariga oʻralgan chogʻlarida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini bilar.»

Ushbu jumladagi «kiyimlariga oʻralgan chogʻlarida» iborasini «kechasi joylariga yotib oʻranganlarida» deb tushunish kerak. Odam koʻzdan eng uzoq boʻladigan vaqt oʻsha vaqtdir. Birov birovni koʻra olmaydigan tun qorongʻusi. Kishi uyda, uyning ham uxlash uchun ajratilgan bir burchagida. Buning ustiga, oʻranib olgan. Darhaqiqat, uni odam bolasi koʻra olmaydi. Ammo, Alloh taolo koʻrib turadi. Koʻribgina qolmaydi, balki nimani sir, nimani oshkor tutayotganini ham biladi.

Chunki:

«Albatta, U qalblardagi bor narsalarni bilguvchi Zotdir».

Ana shunday Zotdan koʻksiga kallasini egib berkinishga urinish, haqiqatan ham, juda kulgili. Bu hol iymonsizlarning aqlsiz va farosatsiz ham ekanligidan dalolat beradi.