۞ وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا ۚ كُلٌّ فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzida o`rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.Ер юзида ўрмалаган нарса борки, уларнинг ризқи Аллоҳнинг зиммасидадир. У уларнинг турар жойларини ҳам, борар жойларини ҳам билур. Ҳаммаси очиқ-ойдин китобдадир.Alauddin Mansour: Oʻrmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda bordir.Ўрмалаган нарса борки, барчасининг ризқи Аллоҳнинг зиммасидадир. У зот уларнинг турар жойларини ҳам, борар жойларини ҳам билур. Ҳамма нарса очиқ-равшан Китобда бордир.
Yer yuzida oʻrmalagan narsa–odamzot, hayvonot, hasharot, qurtqumursqa va boshqa jonzotlardir. Shularning hammasiga Alloh taolo rizq beradi. Hammasining yurgani, turgani, tugʻilgani va boshqa holatlarini biladi. Bularning hammasi ochiq-oydin va ravshan kitobda yozigʻliq hamdir. Ana shunday sifatlarga ega boʻlgan Zotdan berkinishga urinish juda ham kulgili-ku.