وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَكَانَ عَرْشُهُۥ عَلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۗ وَلَئِن قُلْتَ إِنَّكُم مَّبْعُوثُونَ مِنۢ بَعْدِ ٱلْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko`rish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. O`shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o`limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o`zga narsa emas», derlar.У сизлардан қайсингизнинг амали яхшироқ эканини синаб кўриш учун олти кунда осмонлару ерни яратди. Ўшанда Арши сув устида эди. Агар сен: «Сизлар ўлимдан кейин албатта қайта тирилтириласизлар», десанг, куфр келтирганлар, албатта: «Бу очиқ-ойдин сеҳрдан ўзга нарса эмас», дерлар.Alauddin Mansour: U (Alloh) sizlarning qaysilaringiz yaxshiroq ish — amal qilib yashashingizni sinash uchun olti kunda osmonlar va Yerni yaratgan Zotdir. Ilgari U zotning arshi suv ustida (yaʼni, u arsh ostida suvdan boʻlak hech narsa yaratilmagan edi). (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qasamki, agar siz: «Shak-shubhasiz, oʻlganingizdan keyin qayta tirilursizlar», desangiz, albatta kofir boʻlgan kimsalar: «Bu ochiq sehr-jodudan oʻzga narsa emas, deydilar.У (Аллоҳ) сизларнинг қайсиларингиз яхшироқ иш — амал қилиб яшашингизни синаш учун олти кунда осмонлар ва Ерни яратган Зотдир. Илгари У зотнинг арши сув устида (яъни, у арш остида сувдан бўлак ҳеч нарса яратилмаган эди). (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қасамки, агар сиз: «Шак-шубҳасиз, ўлганингиздан кейин қайта тирилурсизлар», десангиз, албатта кофир бўлган кимсалар: «Бу очиқ сеҳр-жодудан ўзга нарса эмас, дейдилар.
Bu oyatda ham Alloh taoloning taʼrifi davom etmoqda. Alloh osmonlaru yerni olti kunda yaratgan Zotdir. Bu haqda oʻtgan «Yunus» surasi tafsirida batafsil gapirilgan. Ushbu oyatda esa, osmonlaru yerni yaratishdan maqsad odamlardan qaysilari yaxshiroq amallar qilishini sinab koʻrish ekanligi taʼkidlanmoqda.
«U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab koʻrish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi.»
Shuningdek, Allohning Arshi va uning turgan joyi haqida ham maʼlumot kelmoqda:
«Oʻshanda Arshi suv ustida edi».
Demak, Alloh taolo osmonlaru yerni yaratgan vaqtda Uning Arshi suv ustida boʻlgan ekan. Shuning oʻzini bilishimiz kifoya. Allohning Arshi bor ekan. Oʻsha paytda bu Arsh suvning ustida turgan ekan. Boʻldi, bundan boshqasi ortiqcha. Bunaqa, gʻaybiyotga tegishli masalalar atrofida ovora boʻlib, vaqt va aql-zakovotni behuda sarflagandan koʻra, koʻproq yaxshi amallarni qilib, sinovdan yaxshi oʻtishga uringan maʼqul.
Chunki, albatta, oʻlimdan keyin tirilish bor. Oʻshanda bu dunyoda qilingan amallarning soʻroq-savoli boʻladi. Ana oʻshanda iymonu amali solihgina foyda beradi.
«Agar sen: «Sizlar oʻlimdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang...»
Ha, bu haqiqatni kofirlarga aytsang, ishonmay inkor etadilar:
«Bu ochiq-oydin sehrdan oʻzga narsa emas», derlar».
Ular qayta tirilishga, oxirat azobiga ishonmaganlaridek, bu dunyoda azobga duchor boʻlishlari mumkinligiga ham ishonmaydilar.