وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِلَىٰٓ أُمَّةٍ مَّعْدُودَةٍ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُۥٓ ۗ أَلَا يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz ulardan ma'lum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima to`xtatib turibdi?» derlar. Ogoh bo`linglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab olur.Агар Биз улардан маълум муддатгача азобни кечиктирсак, улар албатта: «Уни нима тўхтатиб турибди?» дерлар. Огоҳ бўлингларким, у келган кунда улардан қайтарилмас ва уларни ўзлари истеҳзо қилиб юрган нарса ўраб олур.Alauddin Mansour: Qasamki, agar ularni azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirsak, albatta ular: «Uni (azobni) nima toʻsmoqda?», deb istehzo qiladilar. Ogoh boʻlsinlarkim, u (azob) kelar kunida ulardan qaytib ketuvchi boʻlmas va kulib-istehzo qilib yurgan narsalari ularni oʻrab olur.Қасамки, агар уларни азоблашни маълум муддатгача кечиктирсак, албатта улар: «Уни (азобни) нима тўсмоқда?», деб истеҳзо қиладилар. Огоҳ бўлсинларким, у (азоб) келар кунида улардан қайтиб кетувчи бўлмас ва кулиб-истеҳзо қилиб юрган нарсалари уларни ўраб олур.
Qurʼoni Karim oyatlarida kofirlar, mushriklar ikki dunyoda ham azobga giriftor boʻlishining xabari bor. Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bu haqiqatni hadislarida bayon qilganlar. Ularda oʻtgan ummatlar Paygʻambarlarini, ilohiy kitoblarini, diniy taʼlimotlarni inkor qilganlarida azobga duchor boʻlganlari juda koʻp aytilgan. Ammo Islom kelganidan soʻng, u oxirgi din boʻlganligi uchun, odamlarni ommaviy azobga giriftor qilishni Alloh iroda qilgan emas. Ularning baʼzilarigagina azob kelishi mumkin. Ammo yoppasiga azob yuborilmaydi. Buni tushunib yetmagan mushriklar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga doimo: «Vaʼda qilayotgan azobing qachon keladi? Uni nima toʻxtatib turibdi?» kabi savollarni berardilar.
«Agar Biz ulardan maʼlum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima toʻxtatib turibdi?» derlar.»
Ularning savollariga javoban oyati karimada:
«Ogoh boʻlinglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni oʻzlari istehzo qilib yurgan narsa oʻrab olur», deyilmoqda.
Yaʼni, ularga vaʼda qilingan azob oʻsha kunda hech qaytarib boʻlmaydigan boʻlib keladi. U kunda kofir va mushriklarni hozir istehzo qilib kulayotgan narsalari–alamli azob butunlay oʻrab oladi. U ular uchun ham kufr va shirklariga, ham istehzolariga jazo boʻladi. Ularga azob kelmay turganining, ularni yer yuzidan supurib tashlamaganining yana qanday hikmatlari borligini Allohning oʻzi biladi. Bir paytlar «Azobni nima toʻxtatib turibdi?» deb yurganlarning koʻpchiligi keyin yaxshi musulmon boʻldi. Koʻplarining esa, bolalari Islomga kirdilar va hokazo.
Insonning ishi qiziq, nima uchun azob kelmayapti, deb shoshiladi-yu, ammo salgina ozor yetsa, dod-voy qiladi.