QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят100

ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّهُۥ عَلَيْكَ ۖ مِنْهَا قَآئِمٌ وَحَصِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mana bular shaharlarning xabarlaridan bo`lib, ularni senga qissa qilayotirmiz. Ulardan (o`z o`rnida) turganlari ham bor, yig`ilganlari ham bor.Мана булар шаҳарларнинг хабарларидан бўлиб, уларни сенга қисса қилаётирмиз. Улардан (ўз ўрнида) турганлари ҳам бор, йиғилганлари ҳам бор.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mana shu Biz sizga soʻylab berayotgan shaharlarning xabarlaridandir. Ulardan (hali-hanuz obod-sogʻ) turganlari ham bor, oʻrilib bitganlari (halok boʻlib yoʻqolib ketganlari) ham bordir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мана шу Биз сизга сўйлаб бераётган шаҳарларнинг хабарларидандир. Улардан (ҳали-ҳануз обод-соғ) турганлари ҳам бор, ўрилиб битганлари (ҳалок бўлиб йўқолиб кетганлари) ҳам бордир.

233-sahifa · 12-juz · 24-hizb233-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَmana bularмана буларمِنْ-dan-данأَنۢبَآءِxabarlariхабарлариٱلْقُرَىٰshaharlarningшаҳарларнингنَقُصُّهُۥuni qissa qilayotirmizуни қисса қилаётирмизعَلَيْكَ ۖsengaсенгаمِنْهَاulardanуларданقَآئِمٌۭturganlari borтурганлари борوَحَصِيدٌۭva yiqilganlari borва йиқилганлари бор
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqorida zikr qilingan qissalar baʼzi shaharlarning xabarlaridir. Sen bilmas eding. Biz senga hikoya qilib bermoqdamiz.

«Ulardan (oʻz oʻrnida) turganlari ham bor...»

Yaʼni, ahli oʻtib ketgan boʻlsa ham, shaharning asoratlari turibdi. Misol uchun, Ahqofdagi Od qavmining, Hijrdagi Samud qavmining asoratlari hozirgacha bor.

«...yigʻilganlari ham bor.»

Yaʼni, xuddi dehqon hosilini yigʻishtirib olganidek, oʻsha qissasi kelgan shaharlardan, hech bir asar qoldirmay, yigʻishtirib olinganlari ham bor. Misol uchun, Nuh va Lut qavmi yashagan shaharlardan nomu nishon yoʻq.