QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят101

وَمَا ظَلَمْنَـٰهُمْ وَلَـٰكِن ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ ۖ فَمَآ أَغْنَتْ عَنْهُمْ ءَالِهَتُهُمُ ٱلَّتِى يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ لَّمَّا جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularga zulm qilmadik. Lekin o`zlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qo`yib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.Биз уларга зулм қилмадик. Лекин ўзларига зулм қилдилар. Роббингнинг амри келган пайтда, Аллоҳни қўйиб илтижо қилган «худо»лари ҳеч бир нарсада уларнинг ҳожатларини чиқара олмади. Уларга зиёндан бошқани зиёда қилмадилар.Alauddin Mansour: Ularga Biz zulm qilmadik, balki oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar, bas, qachonki, Parvardigoringizning farmoni (yaʼni, azobi) kelganida, Allohni qoʻyib, iltijo qiladigan butlari ularni hech narsadan behojat qilmadi va ularga ziyondan oʻzga biron narsa keltirmadi.Уларга Биз зулм қилмадик, балки ўзларига ўзлари зулм қилдилар, бас, қачонки, Парвардигорингизнинг фармони (яъни, азоби) келганида, Аллоҳни қўйиб, илтижо қиладиган бутлари уларни ҳеч нарсадан беҳожат қилмади ва уларга зиёндан ўзга бирон нарса келтирмади.

233-sahifa · 12-juz · 24-hizb233-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасظَلَمْنَـٰهُمْBiz ularga zulm qildikБиз уларга зулм қилдикوَلَـٰكِنlekinлекинظَلَمُوٓا۟zulm qildilarзулм қилдиларأَنفُسَهُمْ ۖoʻzlarigaўзларигаفَمَآbas, emasбас, эмасأَغْنَتْhojatlarini chiqara oldiҳожатларини чиқара олдиعَنْهُمْulardanуларданءَالِهَتُهُمُularning «xudo»lariуларнинг «худо»лариٱلَّتِىkiкиيَدْعُونَiltijo qilganилтижо қилганمِن-dan-данدُونِboshqaбошқаٱللَّهِAllohАллоҳمِنhechҳечشَىْءٍۢbir narsadaбир нарсадаلَّمَّاpaytdaпайтдаجَآءَkelganкелганأَمْرُamriамриرَبِّكَ ۖRobbingningРоббингнингوَمَاva emasва эмасزَادُوهُمْularga ziyoda qildilarуларга зиёда қилдиларغَيْرَboshqaniбошқаниتَتْبِيبٍۢziyondan (halokatdan)зиёндан (ҳалокатдан)
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz zulm qilganimiz uchun ular bunday noqulay holga tushganlari yoʻq. Balki oʻzlari oʻzlariga zulm qildilar. Vaqtida iymonga kelmadilar. Paygʻambarlarga ergashmadilar. Vaqtida istigʻfor aytib, tavba qilmadilar. Oqibatda:

«Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qoʻyib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi».

Ular turli narsalarni oʻzlariga «xudo» qilib olishgan edi. Allohga emas, oʻsha soxta «xudo»larga ibodat qilar edilar. Ular bizga yordam beradi, hojatimizni chiqaradi, deb eʼtiqod qilardilar. Ammo Allohning amri kelib, kofirlar azobga giriftor boʻlganlarida, oʻsha «xudo»lari ularga biror foyda yetkaza olmadi.

«Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.»

Oʻsha soxta «xudo»lardan mushrik-kofirlarga faqat ziyon yetdi, xolos.

Mazkur qissalardan chiqadigan xulosalardan biri–shu.