فَأَمَّا ٱلَّذِينَ شَقُوا۟ فَفِى ٱلنَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, badbaxt bo`lganlar do`zaxdalar. U yerda ular dod-faryod qilurlar.Бас, бадбахт бўлганлар дўзахдалар. У ерда улар дод-фарёд қилурлар.Alauddin Mansour: Bas, endi badbaxt kimsalar doʻzaxda boʻlib, u joyda ohu faryod qilurlar.Бас, энди бадбахт кимсалар дўзахда бўлиб, у жойда оҳу фарёд қилурлар.
Yaʼni, qiyomat kuni badbaxtlar guruhiga qoʻshilganlar doʻzaxga tushadilar. Doʻzaxda ular faryod chekadilar.
Oyati karimada biz «dod» deb tarjima qilgan soʻz «zafir», «faryod» esa, «shahiyq» deb kelgan. Aslida, «zafir» qiynalib nafas olishga, «shahiyq» esa, qiynalib nafas chiqarishga aytiladi.
Demak, doʻzaxiylar nafas olishning qiyinligidan «dod» deydilar va nafas chiqarishning mashaqqatligidan «faryod» chekadilar.
Alloh taoloning Oʻzi saqlasin!