خَـٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, unda abadiy qolurlar. Magar Robbing xohlasa, (abadiy qolmaslar). Albatta, Robbing nimani xohlasa, qilguvchi Zotdir.Улар, модомики, осмонлару ер бор экан, унда абадий қолурлар. Магар Роббинг хоҳласа, (абадий қолмаслар). Албатта, Роббинг нимани хоҳласа, қилгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ular unda osmonlar va Yer turguncha qolurlar, magar Parvardigoringiz xohlasa (yana Oʻzi xohlagan hukmini qilur). Zotan, Parvardigoringiz faqat Oʻzi istagan ishni qilguvchi Zotdir!Улар унда осмонлар ва Ер тургунча қолурлар, магар Парвардигорингиз хоҳласа (яна Ўзи хоҳлаган ҳукмини қилур). Зотан, Парвардигорингиз фақат Ўзи истаган ишни қилгувчи Зотдир!
Yaʼni, ular doʻzaxda abadiy qolurlar. Magar Alloh xohlasa, baʼzilarini ozod etishi mumkin. Chunki, Alloh xohlaganini qilguvchi Zotdir.
Badbaxtlar bunday azob-uqubatda qiynalib turgan bir paytda baxtlilarning holati tamoman boshqacha boʻladi.