وَٱصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sabr qil. Bas, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.Ва сабр қил. Бас, албатта, Аллоҳ яхшилик қилувчиларнинг ажрини зое қилмас.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoye etmas.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, машаққат ва озорларга) сабр қилинг! Зотан, Аллоҳ чиройли амал қилгувчиларнинг ажр-мукофотларини зое этмас.
Yaxshilikning turi juda ham koʻp. Eng oliy yaxshilik Allohning yoʻlida, Uning dinida mustaqiym turishdir. Namoz ham yaxshilik, balki barcha yaxshiliklarning onasidir. Shuningdek, sabr qilish ham yaxshilik. Moʻmin banda har qanday yaxshilikni qilishga urinmogʻi lozim. Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmaydi.
Kelgusi oyatlarda oʻtgan ummatlarning ommaviy azobga uchrashiga sabab ularda odamlar zulm qilgani, islohchilar esa, oz boʻlgani, agar islohchilar koʻpchilikni tashkil qilganlarida ish ham boshqacha boʻlishi mumkinligi haqida soʻz ketadi: